Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berişiça, 2022 yil 3 iyul kuni Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Jomboy tumani hududidan ötuvçi 1072-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Damas haydovçisi yonilğisi tugab qolgan maşinani yölning çetida itarib ketayotganda somon ortib ketayotgan yuk maşinasi uni ortidan urib yuborib, hodisa yuz bergan joydan qoçib ketgan.

Oqibatda, Damas haydovçisi oğir tan jarohatlari olib voqea joyida halok bölgan. IIB YHXB xodimlari tomonidan olib borilgan suriştiruv davomida yuk maşinasi haydovçisi topilgan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov işlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Samarqandda katta tezlikda maşina boşqargan 17 yoşli ösmir singlisi va uning dugonasi hayotiga zomin bölgandi.