Jizzax viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 18 avgust kuni soat 23:30 larda, M39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Jizzax viloyati Ğallaorol tumani hududidan ötgan 1010-kilometrida önga yaqin transport vositasi iştirokida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Surxondaryo viloyati, Boysun tumanida yaşovçi haydovçi boşqaruvidagi “ZIL-130” yuk maşinasi yölda nosoz holda töxtab qolgan. Şu yerda xizmat olib borayotgan YPX inspektori Cobalt rusumli YPX xizmat maşinasida mayoqçalarini yoqib, harakat xavfsizligini ta’minlab turgan vaqtida Zomin tumanida yaşovçi haydovçi yana bir “ZIL-130” yuk maşinasi bilan YPX maşinasining çap tomonini qirib ötib, oldinda nosoz holda töxtab turgan “ZIL-130”ning orqa qismiga urilgan.
Şundan söng tirbandlik tufayli bir neçta transport vositalari yölning qatnov qismida töxtab qolgan. Şu paytda orqadan kelayotgan Zomin tumanida yaşovçi haydovçi boşqaruvidagi yana bir “ZIL-130”ning tormoz tizimi işlamay qolgan.
Oqibatda, mazkur maşina Samarqand viloyatida yaşovçi piyodani urib yuborib, harakatlanişda davom etgan va YPXga tegişli Cobalt xizmat maşinasining orqasidan urib, texnik şikast yetkazgan.
Mazkur YTH oqibatida, nosoz holda töxtab qolgan “ZIL-130” yuk maşinasining 2001 yilda tuğilgan haydovçisi voqea joyida vafot etgan. Yana ikki nafar fuqaro tan jarohati olgan. Hozirda hodisa yuzasidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Qaşqadaryo viloyati Muborak tumanida sodir bölgan YTHda ikkita maşina hamda ularda bölgan 8 kişi tiriklayin yonib ketgandi.

















