Qaşqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 23 avgust kuni soat taxminan 20:30 larda M-39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Qamaşi tumani “Yuksaliş” MFYdan ötgan 1209-kilometrida mudhiş yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Qamaşi tumanida yaşovçi S.X. öz boşqaruvidagi Damas maşinasi bilan harakatlanib kelayotgan vaqtda, yölning öng tomonida töxtab turgan Yakkaboğ tumanida yaşovçi B.A. boşqaruvidagi Damas maşinasining orqa qismiga urilgan.
Yakkaboğlik haydovçiga tegişli Damas yölning öng tomon çekka qismiga ağdarilib ketib, yöl çetidan harakatlanib ketayotgan piyodani urib yuborgan.
Qamaşilik haydovçi ham Damas boşqaruvni yöqotib, qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan va röparadan kelayotgan Spark bilan töqnaşgan.
Hodisa oqibatida, piyoda yölovçi va Damas maşinasi haydovçisi oğir tan jarohatlari olib vafot etgan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan Qamaşi tuman IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Muborak tumanida Lacetti va Spark maşinalari özaro töqnaşgan va ularda bölgan 8 kişi tiriklayin yonib ketgandi.
















