RF mudofaa vazirligi 1 sentabr kuni ukrain harbiylari Zaporijjya AESni egallab olişga uringanini ma’lum qildi. Vazirlik ma’lumotiga köra, mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 6:20 da AESdan uç kilometr şimoli-şarqdagi Kaxova suv ombori sohiliga «ikkita diversiya guruhi» tuşirilgan, jami 60 nafarga yaqin kişi yettita motorli qayiqlarda suzib kelgan.

Rosgvardiya jangçilari va rossiyalik harbiylar «diversantlar» yölini tösgan, rossiyaliklarning vertolyotlari ham jangga qöşilgan. Zaporijjya oblastining rossiyaparast ma’muriyati vakili Vladimir Rogovning ma’lum qilişiça, 60 nafar ukrain harbiysidan 40 nafarga yaqini halok bölgan. U soat 13 lar atrofida TASS bilan suhbatda uç nafar ukrain harbiysi asir olingani, yana 12 kişi harbiy harakatlarni davom ettirayotganini aytgan.

Soat 7 atrofida, RF mudofaa vazirligining tasdiqlaşiça, Zaporijjya AESdan bir neça kilometr masofadagi Vodyanoye qişloğiga Nikopoldan ikkita qölbola barjada (şatakka olib yuriladigan yoki öziyurar yuk kemasi) «Ukraina armiyasining taktik desanti» yuborilgan. Rossiyalik harbiylarning aytişiça, desantçilarning ikki barjasi ham çöktirib yuborilgan.

Ukraina tomoni AESni egallab oliş böyiça urinişlar haqidagi xabarlarga munosabat bildirmadi.

Tunda Zaporijjya AES va Energodar öqqa tutildi. Energodarning «vaqtinçalik ma’muriyati» tasdiqlaşiça, Ukraina artilleriyasi köp qavatli uylar va ikkita bolalar boğçasiga zarba yöllagan, natijada yonğin yuzaga kelgan. Vladimir Rogovning aytişiça, tinç aholi vakillaridan uç kişi halok bölgan, yana beş kişi, jumladan bir bola yaralangan.

Zaporijjya AES hududida bölib turgan Reuters jurnalisti otişmalar çoğida Energodarda turar joylar şikastlangani, odamlar yertölalarga yaşiringanini xabar qilgan. Uning sözlariga köra, hujum vaqtida atroflarda harbiylar çopib yurgan, vertolyotlar havoga kötarilgan, lekin kim öt oçganini aniqlab bölmagan. Kun yarmiga kelib Energodarda elektr ta’minoti va mobil aloqa uzilgan, rossiyaparast rasmiylar buni Ukraina qurolli kuçlarining zarbalari bilan boğlagan.

Ukraina va Rossiya tomonlari tungi otişmalardan keyin Zaporijjya AESning ikki reaktoridan biri işlaşdan töxtaganini ma’lum qilgan. Ukrainaning «Energoatom»i ma’lumotiga köra, Rossiya tunda Zaporijjya AESni minomyotlardan öqqa tutgan, şundan keyin avariya holatidan himoyalangan stansiyaning 5-energobloki öçgan. Öz navbatida, Vladimir Rogov «zarbalar tufayli» işlab turgan ikkita energoblokdan biri öçirilganini aytgan.

Rossiya va Ukraina bir-birini Xalqaro atom energetikasi agentligi missiyasining ZAES hududiga taşrifini barbod qilişga urinişda aybladi (1 sentabr kuni kunning ikkinçi yarmida agentlik delegatsiyasi stansiya hududiga yetib keldi). RF mudofaa vazirligi ukrainlar artilleriyasi Zaporijjya AES hududini, şuningdek delegatsiyaning Rossiya vakillari bilan uçraşişi közda tutilgan Vasilevkadagi nazorat-ötkaziş punktini öqqa tutganini ma’lum qilgan.