Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov videoselektor yiğilişida oyoği yerdan uzilgan rahbarlar va maişatboz rahbarlarni tanqid qildi.

«Örganişlar natijasi va bizga turli manbalardan yetib kelgan ma’lumotlar şuni körsatmoqdaki, ayrim vazirlar va hokimlarning oyoği yerdan uzilib qolgan.

Ba’zi viloyat, tuman va şahar hokimlari, vazirlik yoki idoralarning mas’ul rahbarlari özlarini göyo xonlardek tutib, töraçilik kayfiyatiga berilib ketganlar», deya administratsiya rahbarining sözlarini keltirgan ÖzA.

Sardor Umrzoqov maişatboz rahbarlar haqida ham gapirgan.

«Bunday xunuk holatlarni faqat biz emas, butun xalqimiz, keng jamoatçilik körib-bilib turibdi. Jamiyat uyğongan, jamoatçilik nazorati kuçaygan bugungi zamonda heç bir mutasaddining yuriş-turişi nazardan çetda qolmaydi.

Hurmatli prezidentimiz yuksak işonç bildirib aytgan «Hokimlar — mening vakilim» degan sözlarini suiiste’mol qilib, bunday şarafli mas’uliyatni unutgan hokimlarni, xalqni aldaş, maişatbozlik qiliş, islohotlarga bepisand qaraş bilan kun ötkazayotgan mas’ul şaxslarni kim deb ataş mumkin?» degan u.

Bugun haqoratomuz audiolar ortidan Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolovga jarima jazosi qöllandi. Şuningdek, fuqarolarni poygakda qabul qilgan Andijon tumani hokimi Abdujabbor Egamberdiyev va mehmonxonada özini tuta olmagan «Özbekçorvanasl» agentligi direktori Baxtiyor Otamurodov ortidan işdan ketdi.