Özbekistonda ijara narxlari qimmatligi, aniqroği uylar bahosi va eng muhimi – aholi daromadlariga nomutanosibligi haqida köp gapiriladi. Ijara bozorining asosiy xaridori bölgan oddiy işçilar 4-5 mln atrofida maoş olişsa, şundan eng kamida 3-3,5 mln sömini ijaraga sarflaşga majbur bölmoqdalar.

Bu borada endi-endi olib borilayotgan tadqiqotlar ham Toşkentda budjet bahodagi xonadonlar örtaça 10 yilda özini oqlaşini körsatgan. Ya’ni uy olib ijaraga berilsa, u 10 yilda sarflangan pulni qaytaradi. Holbuki bu körsatkiç rivojlangan davlatlarda 20-30, hatto 40 yilni taşkil qiladi.

Ha, statistika şafqatsiz, raqamlar xafa qiladigan. Bugun ana şu ösib borayotgan raqamlardan aziyat çekayotgan yurtdoşlarimizga quloq tutdik. Aksariyati muammo tufayli böğziga qadar tölib turgan bölsa-da, şaxsini sir saqlaşni ma’qul körişdi. Ayrimlarining “Nahot ijarada ölsam?!” degan sözlari yuraklarni titratişi tayin.

Birinçi qahramon: “Bu muammo ijtimoiy portlaşga olib kelişi mumkin”

— Ayting-çi, men nima qilişim kerak? Oliy ma’lumotliman, ikki tilni bilaman, davlat bergan işda işlayman va 5,5 mln söm maoş olaman. Lekin ijaraga qança tölaşimni bilasizmi? 450 dollar! Bu 5 mln söm degani. Men boyligim tufayli qimmat uyda turmayman. Bu uyning bahosi özi 250 dollar edi. Ammo ijara beruvçi qisqa muddat içida ikki marta kötardi va hozirgi narxga olib keldi.

Nogiron farzandimiz bor, uni davolatiş ham muntazam pul talab qiladi. Ayolim ham oliy ma’lumotli, lekin 2,5 mln söm oylik oladi. Vatanimizni sevamiz, lekin ba’zan unga siğmay ketayotganimizni his qilamiz...

Ikkinçi qahramon: “13 yilda 24 marta köçdik... Dod degim keladi ba’zida”

— 13 yil içida 24 ta uyga köçdik. Uy egalarining yaxşilariyam, yomonlariyam bor. Qiş kunlarida, sovuqda sarson bölib, tomidan çakka ötib turgan uyda yaşagan paytlarimiz böldi. Uçastkavoylarning tekşir-tekşiridan bezgan, qöşnilarning “viloyatlik, kelgindi” deb siğdirmagan kunlarni kördik.

Bu ham mayli, ijaraga arang uy topib, botib yotgan uyni yiğiştirib tozalaganimizdan keyin uy egasi kelib, “uyni ijaraga bermaydigan böldik”, deganda heç joyga siğmay ketganman.

Ayniqsa vositaçi maklerlardan köp aziyat çekkanmiz. “Uy toğamniki, ammamniki” deb pulimizni olib, ertasiga pul ham, makler ham yöqolib qolgan. Açinarlisi, oxirgi yillarda ijara narxining oşişida maklerlarning “xizmati” katta.