Kun.uz muxbiri ma’lumotga aniqlik kiritiş maqsadida Boş prokuratura matbuot xizmati bilan boğlandi. Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsuddinov uşbu ma’lumotni tasdiqladi va mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilganini ma’lum qildi.
“Aniqlanişiça, 16.09.2022 yil kuni soat 20:00 da A.X. xonadoniga mast holatda kelgan vaqtida, turmuş örtoği N.D. uning mast holatda kelganidan jahli çiqib, u bilan janjallaşib, unga tanbeh bergan vaqtida, A.X. yonida bölgan oşxona piçoği bilan uning çap kökrak sohasiga ikki marotaba qasddan urgan va buning oqibatida ayol hodisa joyida vafot etgan.
17 sentabr kuni A.X. JKning 97-moddasi 1-qismi bilan gumonlanuvçi tariqasida iştirok etişga jalb qilinib, JPKning 221-moddasi tartibida uşlangan va şu kuni unga nisbatan “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
Hozirda jinoyat işi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining Öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş bölimi tomonidan olib borilmoqda”, deyiladi prokuratura bergan ma’lumotda.
Kun.uz manbasiga köra, ayol kommunikatsiya sohasida işlagan.
“Ikki farzandi bor edi, qizini uzatib endi öğlini uylantiriş harakatida yurgandi. Turmuş örtoği köp içardi, içib kelib janjal çiqarardi. Öşa kuni uyida heç kim bölmagan. Janjal oqibatida piçoqlangaç, qiziga telefon qilib, militsiya bilan kelişini aytgan va jon bergan. Juda oçiqköngil, mehnatkaş, pozitiv ayol edi. Hali 57 yoşda edi”, deya xabar beradi manba.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 24 avgust kuni Toşkent viloyatining Quyi Çirçiq tumanida 24 yoşli ayol turmuş örtoği tomonidan şu tarzda öldirilgan.
2 sentabrda Jizzax viloyatining Ğallaorol tumanida sodir bölgan oilaviy janjal uy bekasining ölimiga sabab bölgan.
12 sentabrda Andijon viloyatining Izboskan tumanida erkak xotini va qaynonasini vahşiylarça öldirgan.
















