Rossiya Luhansk oblastining Starobilskiy va Kreminskiy tumanlarida «qisman» safarbarlikni boşladi, deb xabar qildi Luhansk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Gayday özining Telegram-kanalida. 

«Starobilskiy va Kreminskiyda bosqinçilar qisman safarbarlik qilişni boşladi. Ular oddiy tuşuntirişyapti: göyoki bu hududlar Rossiya tarkibiga kirib bölgan va u yerda qisman safarbarlik e’lon qilingan», — dedi u. 

Fuqarolarni safarbar qiliş uçun ma’muriyat vakillari uyma-uy yurib, istisnosiz barça erkaklarga çaqiruv qoğozlarini tarqatyapti. «Ular buni hammaga - talabalarga ham, kasallarga ham, qariyalarga ham berişyapti», - deya qöşimça qildi Luhansk oblasti harbiy ma’muriyati boşliği.

«Vajnyye istorii» naşri va Conflict Intelligence Team (CIT) tergov guruhi tahlilçilarining oçiq ma’lumotlariga köra, Rossiyada ikki haftalik safarbarlik davrida 53 mintaqadan kamida 213,2 ming kişi çaqirildi. 

Safarbarlikka çaqirilganlarning umumiy soni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu ilgari e’lon qilganidan köp bölgan. Şoyguning sözlariga köra, safarbarlik boşlanganidan beri Rossiya qurolli kuçlariga 200 mingdan ortiq odam kelgan. 

Ayni paytda, tadqiqotçilar hisoblagan 213 ming kişidan taşqari, 32 ta hududda çaqirilganlar soni haqida heç qanday ma’lumot yöq, deb yozadi «Vajnyye istorii». Hisoblaş uçun ular mahalliy hokimiyatlarning rasmiy ma’lumotlaridan, OAV xabarlaridan va harbiy komissarlarning hisobotlaridan foydalangan.