Navoiy viloyati Xalq ta’limi boşqarmasi mansabdor şaxslari 822 dona kompyuter jamlanmasini 585,2 mln sömga qimmat narxda xarid qilib, budjet mablağlarini rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qilgani aniqlangan. Bu haqda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Navoiy viloyati hokimligining tegişli farmoyişi asosida viloyat Xalq ta’limi boşqarmasiga mahalliy budjet mablağlari hisobidan 2,6 mlrd sömlik jami 822 dona kompyuter jamlanmasi sotib olingan. Lekin şartnomada uşbu kompyuterlarning protsessorlariga örnatilgan tezkor xotira siğimi “DDR4” deb körsatilgan bölsa-da, ta’minotçi taşkilotlar “DDR3” siğimli tezkor xotira örnatilgan kompyuter jamlanmalarini yetkazib bergan.
Agentlik xodimlari tomonidan holat hududga çiqib örganilgan. Aniqlanişiça, Vazirlar Mahkamasining “Yoşlarni “Bir million dasturçi” loyihasi doirasida öqitiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 716-sonli qaroriga asosan Navoiy viloyatidagi 78 ta maktabga 7,6 mlrd sömga kompyuter sotib oliş közda tutilgan va ularga aniq texnik talablar qöyilgan.
Xalq ta’limi boşqarmasiga “C.C” MÇJ va “M.B” MÇJdan qiymati 2,6 mlrd sömlik 822 dona kompyuter jamlanmasi sotib olingan. Şundan, 1,1 mlrd sömlik kompyuterlar tender savdolari orqali hamda 1,4 mlrd sömlik kompyuterlar komissiya tartibida eng yaxşi taklif sifatida baholanib, xarid qilingan.
Kompyuter jamlanmalari böyiça ötkazilgan ekspertiza xulosasiga köra, Navoiy viloyati Xalq ta’limi boşqarmasi mansabdor şaxslari tomonidan xarid qilingan 822 dona kompyuter jamlanmasi 585,2 mln sömga qimmat narxda xarid qilinib, budjet mablağlari rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qilingani aniqlangan.
Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Navoiy viloyati boşqarmasi tomonidan viloyat Xalq ta’limi boşqarmasi hamda “C.C.” MÇJ va “M.B.” MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatildi.
Andijon viloyati xalq ta’limi boşqarmasi boşliği ham hibsga olindi

















