Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2021 yil 28 dekabr kuni soat 9:30 larda Ğallaorol tumani “Mirzabuloq” qişloq fuqarolar yiğiniga qaraşli Nayman qişloğida yaşovçi fuqaro şu hududdagi fermer xöjaligiga tegişli dala maydoni çetidagi zovur içida yonib ketgan Spark maşinasini körib qolgan.
Fuqaro bu haqda içki işlar organlariga xabar bergan. Şundan söng, voqea joyiga viloyat prokuraturasi va viloyat IIB xodimlaridan iborat tezkor guruh yetib borgan. Maşina közdan keçirilganda uning içidan kuyib ketgan murda ham topilgan. Şuningdek, maşinaning davlat raqami ham bölmagan.
Maşina kuzovining raqami orqali uning egasi tekşirib körilganda Spark Samarqand şahar Zarafşon mahallasida yaşovçi şaxs ekani ma’lum bölgan.
IIB xodimlari maşina egasining uyiga borib, uning yaqinlaridan körsatma olganda, ular yigitning bir kun avval uydan çiqib ketib, qaytib kelmaganini bildirişgan. Ötkazilgan tibbiy ekspertizada kuyib ketgan jasad maşina egasiniki ekani aniqlangan.
Tezkor qidiruv harakatlari natijasida, Jomboy tumani “Beşsayid” MFYda yaşovçi uç nafar şaxs marhumni giyohvand moddalar bilan ta’minlab kelgani aniqlangan va ular uşlangan.
Dastlabki tergov-suriştiruv davomida aniqlanişiça, marhum 28 dekabr kuni Jomboyga borgan. Giyohvand modda sotuvçilar qarzi borligi uçun unga giyohvand modda berişmagan. Şundan söng marhum IIB xodimlariga borib xabar berişini aytganda giyohfuruşlar uni öldirişgan va Ğallaorolga olib borib yoqib yuborişgan.
Ma’lum qilinişiça, Jinoyat işlari böyiça Jizzax şahar sudining 2022 yil 14 iyundagi hukmi qotillik jinoyatiga qöl urgan 3 şaxs, Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «i», «p» bandlari (javobgarlikni oğirlaştiradigan holatlarda qasddan odam öldiriş — tamagirlik niyatida, bir guruh şaxslar yoki uyuşgan guruh a’zosi tomonidan yoxud öşa guruh manfaatlarini közlagan holda), 164-moddasi 3-qismi «g» bandi (bosqinçilik — badanga oğir şikast yetkazgan holda sodir etiş) va boşqa moddalar bilan aybli deb topilgan.
Ulardan, Akmal Abdullayevga uzil-kesil 20 yil, Yaşin Vafoyevga 19 yil, Elmurod Qodirovga esa 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazolari tayinlangan.

















