Baxtiyor Rustamoviç Mamatkarimov 1980 yil Qörğontepa tumanida tuğilgan. 2000 yilda Toşkent moliya instituti, 2013 yilda Özbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini, 2021 yili esa Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2001 yilda “Asakabank” davlat aksiyadorlik tijorat banki Andijon viloyati filiali valuta şu’basi pul almaştiriş şoxobçasi kassiri, kassir-nazoratçisi, valuta bölimi mutaxassisi lavozimidan boşlagan.

2003-2007 yillarda “Asakabank” davlat aksiyadorlik tijorat banki Andijon viloyati filialida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2007-2009 yillar Markaziy bank Andijon viloyati boş boşqarmasida, 2009-2016 yillar “Trastbank” xususiy oçiq aksiyadorlik birja bankida işlagan.

2016-2019 yillarda “Neftgazinvest” mas’uliyati çeklangan jamiyatida guruh rahbari va 2019-2020 yillar “ÖzLITIneftgaz” AJ boşqaruvi raisi iqtisod va moliya böyiça örinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

2020 yildan hozirgaça “Öztransgaz” aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisining moliya va marketing böyiça örinbosari bölib işlayotgan edi.

Andijon tumaniga 2021 yil fevralidan buyon hokimlik qilib kelgan Abdujabbor Egamberdiyev 2022 yil avgustida qabuliga kelganlarga poygakdan joy berganidan keyin internetda maşhur bölgandi.

2022 yil sentabrda prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov rahbarligidagi yiğilişda Abdujabbor Egamberdiyev davlat xizmatçisi etikasiga nomunosib xatti-harakatlari, rahbarlik madaniyatini saqlamagani, ötkazilgan qabullarda fuqarolarga nisbatan hurmatsizlikka yöl qöygani va faoliyatidagi boşqa kamçiliklari uçun egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi.