Sentyabr oyida Xarkivda muvaffaqiyatli qarşi hujum amalga oşirilgaç, Ukraina armiyasi Rossiya çegarasiga yaqinlaşdi. Şundan beri Rossiyaning Ukrainaga çegaradoş Belgorod oblasti deyarli har kuni öqqa tutilmoqda. Ukraina bosqini boşlanganidan keyingi 8 oy içida belgorodliklar harbiy amaliyotlar sadosiga örganib qolgan, çegaraga yaqin qişloqlar esa bir neça bor evakuatsiya qilingan. Ammo hozir ba’zilar bunga doş bermasdan Rossiya içkarisiga köçib ketişga urinmoqda.

(Maqoladagi barça qahramonlarning ismi ularning iltimosiga köra özgartirildi).

22 oktyabr, şanba kuni Şebekino şaharçasida yaşovçi 35 yoşli Alina Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi boşlanganidan beri birinçi marta Favqulodda vaziyatlar vazirligidan SMS-xabar oldi: «Diqqat! Şebekino öqqa tutilmoqda. Zarur narsalaringizni olib, yertölaga (boşpanaga) tuşing. Köçaga çiqmang!»

Ilgari FVV bunday xabarlarni yubormas edi.

«Hukumatimizning qölidan keladigani şu. Bu yerda bomba boşpanalari bor yoki yöqligini bilmaymiz, heç kim tuşuntirmaydi. Şunçaki yertölaga tuşiş söralyapti. Kimda yertöla bölsa, yaşirinadi. Lekin odamlar faqat şanba kunidan (22 oktyabr) yaşirina boşladilar. Bundan oldin heç qanday sabab yöq edi. Rostini aytsam, biz öşa kuni heç qayerga yaşirinmadik. Har doimgidek bölsa kerak deb öyladik. Könikib qolganmiz», deb şikoyat qiladi Alina.

«Ertalabdan keçgaça gumburlaş ovozlari»

Şebekino – Belgorod oblastidagi çegaraga yaqin kiçik şaharça. Sönggi 10 yil içida uning aholisi doimiy ravişda qisqarib bordi va 2021 yilda 40 ming kişidan kamaydi. Bu yil odamlar uruş tufayli Şebekinoni tark eta boşladi – şaharçadan Ukraina çegarasigaça beş kilometrdan sal köproq masofa. Bu yerda harbiy harakatlar ovozlari aniq eşitilib turadi. Sönggi paytlarda esa şaharça muntazam ravişda öqqa tutilmoqda.

Mahalliy rasmiylar öqqa tutişlarda Ukraina armiyasini ayblamoqda. Ukraina hukumati öz qurolli kuçlari Rossiya hududini öqqa tutayotganini tan olmaydi va buni rossiyalik harbiylarning xatolari yoki Rossiya havo mudofaa tizimi Rossiya raketalarini urib tuşirayotgani bilan izohlaydi.

Şebekino aholisi havo hujumidan mudofaa texnikasi, harbiy vertolyotlar, minomyotlar va artilleriya şovqinini eşitişadi, agar öqqa tutiş oqibatida yonğin çiqsa, pağa-pağa tutunni körişadi.

Avgust oyida Belgorod gubernatori Vyaçeslav Gladkov Şebekino va boşqa çegara hududlari aholisini öqqa tutişlarning yana bir oqibati haqida ogohlantirdi. U portlamay qolgan öq-dorilardan ehtiyot bölişni, ularga tegmaslikni söradi: «Bizda katta fojia yuz berdi, bolakay patronlardan birini bölaklamoqçi böldi va panjasidan ayrildi».