17 noyabr kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida Mudofaa vazirligi Tibbiy ta’minot boşqarmasi boşliği, tibbiy xizmat polkovnigi Bahodir Abdulahadov Surxondaryoda harbiy xizmatni ötayotgan askar ölimiga doir tafsilotlarni oçiqladi.

– Haqiqatda şu askarimiz ixtisoslaştirilgan davolaş va tekşiriş usullarini amalga oşiriş uçun 11 noyabr kuni Termiz harbiy gospitalidan Toşkent şahridagi Markaziy harbiy klinik gospitalga köçirib ötkazilgan. Tekşiruv davomida unda yurakning öng bölmaçasida hilpillab turuvçi tromb paydo bölgani aniqlandi. Şu tromb birinçi darajaga çiqdi. Hammamizga ma’lumki, u yurak qon tomirlari, öpka qon tomirlariga yoki boş miya qon tomirlariga tiqilganda tösatdan ölim xavfi yuzaga kelişi mumkin.
Men özim şu askarning kasalligi böyiça mutaxassisman – 18 yillik iş tajribasiga ega anesteziolog-reanimatologman. Bu sohani mukammal bilaman. Bizda işlaydigan kardiojarroh – yurak-qon tomir jarrohi tibbiyot fanlari doktori, professor Rustam Yorbekov 4 ta klinikada işlaydi. Jumladan, Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslaştirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida, şu bilan birga xususiy klinikalarda, jumladan, bizda ham konsultant bölib faoliyat körsatadilar. Askar yigit xususiy klinikada operatsiya qilinganining sababi şu.
Bemorga mutaxassislarimiz tomonidan taşxis qöyilgaç, tibbiy tekşiruv natijalarini zudlik bilan ixtisoslaştirilgan jarrohlik operatsiyalari bilan şuğullanadigan mutaxassis konsultatsiyasiga yuborganimizda, professor Rustam Yorbekov bu hilpillab turuvçi tromb köçib ketadigan bölsa tösatdan ölim holati yuz berişi mumkin, bemorni qimirlatişga ham ruxsat bermayman. Men hozir rejalaştirilgan jarrohlik amaliyotimni tugatganimdan keyin bu yigitni operatsiya stoliga olib trombini olib taşlaymiz, degan xulosa berdilar.
Şundan söng Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali mutaxassislari bilan hamkorlikda zudlik bilan operatsiyadan oldingi tayyorgarliklar ötkazildi. Özim har yarim soatda uning ahvolidan xabarlaşib turdim. Operatsiya stoliga olingandan keyin kökrak qafasini oçganda kökrak-qafasini ösma qamrab olgani ma’lum böldi. Bu hosila qaçon paydo bölganini aniq aytiş qiyin. U harbiy xizmat davomida rivojlanib ketgan bölişi ham mumkin. Operatsiya paytida ösma yurak qon-tomirlariga, organizmning yuqori qismlariga ösib kirib, çirmaşib ketgani körindi, u olib taşlangandan keyin yurakka yöl oçildi va yurakning öng bölmaçasida bemorning hayotiga xavf solib turgan tromb olib taşlandi.


















