Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida profilaktika inspektori katta leytenant N.Bobomurotovning hayotiga tajovuz qilgan erkak qölga olingan. Bu haqda içki işlar vazirining matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, 30 yaşar erkak çora köriş uçun protsessual tartibda prokuratura organlariga topşirilgan.

Avvalroq Toşkentning Olmazor tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan IIB xodimi 30 noyabr kuni soat 00:50 larda öldirib ketilgani haqida xabar bergandik.

Tumandagi Ğalaba mahallasiga tezkor çaqiruv böyiça yetib borgan katta leytenant N.Bobomurotov xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida halok bölgan. Dastlabki xabarda voqea joyidan yaşiringan qotil muqaddam sudlangani ma’lum qilingandi.

Holat yuzasidan Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi («Qasddan odam öldiriş») bilan jinoyat işi qözğatilgan.