Rossiya qöşini Baxmutga yurişni davom ettirmoqda — Donetsk oblastidagi bu şahar bugungi kunda harbiy harakatlarning eng qaynoq nuqtasi bölib qolmoqda. Ammo Amerikadagi Uruşlarni tadqiq etiş instituti (ISW) hisoblaşiça, RF armiyasi hozirgi holatida Baxmutni egallay olmaydi. The Daily Beast naşri ma’lumotiga köra, «Vagner» Markaziy Afrika Respublikasi qamoqxonalaridagi mahbuslarni yollay boşladi. Naşr manbalariga köra, yollanayotganlarning katta qismi isyonçilik harakatlarida iştirok etgan va mamlakatdagi fuqarolik uruşi yillarida tinç aholiga nisbatan öta şafqatsiz munosabatda bölgan. Nijniy Tagilda mahbuslar majburan «Uralvagonzavod»ga işlaşga yuborilmoqda — Rossiyadagi bu yirik zavodda zirhli tank texnikalari işlab çiqariladi. Korxona işçilari Rossiya qöşinlarining Ukrainada yöqotgan texnikalari örnini töldirişga ulgurmayapti.
Quyida 29 noyabr, uruşning 279-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Kun kadri. Xarkivga vayrongarçiliklar keltirgan raketa parçalari
Xarkiv keng kölamli bosqinning ilk kunidanoq rossiyaliklar tomonidan öqqa tutila boşlangandi. Avgust oyi boşida şahar ma’muriyati Xarkiv va şahar atrofidagi aholi yaşaş manzillarida 1800 dan ortiq köp qavatli binolar hamda 2000 ga yaqin infratuzilma obektlari vayron bölganini xabar qildi. 11 sentabr kuni Rossiya qöşini Xarkiv oblastining şimoliy qismini tark etdi. Noyabr oyi boşida oblast harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov RF qöşini kun davomida region hududini öqqa tutganini xabar qildi (keksa yoşli ikki ayol halok bölib, tinç aholi vakillaridan yana olti kişi jabrlangan), uning sözlariga köra, şaharga sönggi raketa zarbalari 28 noyabr kuni amalga oşirildi (ikki kişi jabrlangan). Quyidagi suratda ukrain sapyorlari şaharga uçirilgan raketalar parçalarini bir joyga töplagan.


































