Toşkent şahar Olmazor tumanida öldirib ketilgan profilaktika inspektori katta leytenant N.Bobomurotov oilaviy mojaro tufayli Ğalaba mahallasiga çaqirilgan. Çaqiruv böyiça borgan IIB xodimi maşinada ötirgan vaqtda ayolning eri 2 marta piçoq urişi natijasida xodim vafot etgan.
Bu haqda bugun, 1 dekabr kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida IIV mas’uli, polkovnik Hamza Maxsumov ma’lum qildi.
Avvalroq, 30 noyabr kuni Toşkentning Olmazor tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan IIB xodimi soat 00:50 larda öldirib ketilgani xabar berilgan edi.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida şu kuni N.Bobomurotovning hayotiga tajovuz qilgan erkak qölga olindi. 30 yaşar erkak çora köriş uçun protsessual tartibda prokuratura organlariga topşirilgan.
Toşkent şahar prokuraturasi holat yuzasidan JKning 97-moddasi (“Qasddan odam öldiriş”) bilan jinoyat işi qözğatgan.
Bundan bir yil oldin IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi boş boşqarmasi boşliği Baxtiyor Berdialiyev Kun.uz'ga bergan intervyusida içki işlar xodimlariga qarşilik körsatiş va jarohat yetkaziş holatlari yildan yilga köpayayotganini aytgandi.
“Tungi soat uçda, hammamiz uxlayotgan vaqtda içki işlar idorasiga “Erim içib kelib meni uryapti, yordam beringlar”, degan xabar tuşadi. Endi köz oldingizga keltiring. Vaqt allamahal, profilaktika inspektori şu xabar asosida aytilgan manzilga boradi. Töğri, uning tabel quroli bordir, dubinkasi bordir, kişani bordir. Lekin oldinda uni nima kutayotganini bilmaydi. Bizning xatomiz ham – şu.
Tungi vaqtda bunaqa çaqiruvlar juda köp. Odatda çaqiruv kelib tuşgan profilaktika inspektorlari yonida yoşroq yordamçisi bilan yoki şerigi bilan çaqiruv kelib tuşgan xonadonning eşigini taqillatadi. Köpinça bunday çaqiruvlarga boradigan xodimlar janjallaşayotgan er-xotinni ajrataman-u qaytaman deb öylaşadi. Lekin ortiga qaytmagan xodimlarimiz bor. Nogiron bölib qolganlari bor. Çunki ularni har doim ham bir xil holat kutib turmaydi. Piçoq yoki qurol bilan qurollangan zöravonga duç kelib qolişlari ham mumkin. Lekin profilaktika inspektorlari şunday paytda qoçib ketdi degan gapni biror marta eşitganmisiz?”
















