Erkak öz xotinini urib öldirilişi bilan boğliq yana bitta holat Andijon viloyati Asaka tumanida röy berdi.

Kun.uz Boş prokuratura matbuot xizmatidan olgan ma’lumotga köra, 5 dekabr kuni Asakaning Arğin mahallasida yaşovçi 24 yoşli ayol jasadi qotillik alomatlari bilan yaşaş xonadonidan topilgan. Şu kuni tuman prokurori jinoyat işi qözğatgan.

Aniqlanişiça, 5 dekabr kuni soat 11:40 larda oilaviy kelişmovçilik tufayli kelib çiqqan janjalda 29 yoşli erkak xotinining yuz va boş qismlariga metalldan işlangan obdasta bilan bir neça marotaba urib, uni qasddan öldirgan.

Qotil obdastadagi qon doğlarini yuvib, tozalab, söngra yaşaş xonadonidan çiqib ketgan. Şahrixon tumani hududida qurilişi bitmagan binoda yaşirinib, 7 dekabrga ötar keçasi soat 03:30 larda yaşaş uyiga qaytgan vaqtida uşlangan.

Fuqaro Ç. B. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam öldiriş)da körsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumondor körilib, tegişli tartibda uşlangan.

Boş prokuratura jinoyat işining tergovi nazoratga olingani, uning natijalari töğrisida qöşimça axborot berilişini bildirdi.

Noyabr oyi oxirida Farğonada 38 yoşli erkak farzandlari köz öngida xotinining boşiga bolta bilan urib, oğir tan jarohati yetkazgan va ayol şifoxonaga yotqizilgan edi.