“Özbekiston-24” telekanalining “Vaziyat-24” körsatuvida efirga uzatilgan lavhada Boş prokuratura xodimi hujjatlarsiz avtomaşina boşqarib kelgani haqida söz boradi.

Qayd etilişiça, 13 dekabr kuni Çilonzor tumani Kiçik halqa avtomobil yöli – Foziltepa çorrahasida “Spark” rusumli transport vositasi Toşkent şahar IIBB YHXB inspektorlari tomonidan töxtatilib, haydovçidan hujjatlar taqdim qilinişi söralganida, u özini Boş prokuratura xodimi sifatida taniştiradi. Haydovçi sözlarini tasdiqlaş uçun xizmat guvohnomasini körsatadi. Haqiqiyligi şubha uyğotgan hujjat xolislar iştirokida tegişli tartibda rasmiylaştirib, olib qöyiladi.

“Mazkur holat Boş prokuratura tomonidan örganilganida, haydovçi Özbekiston Respublikasi prokuratura organlari tizimida xizmat qilmacligi va u tomonidan taqdim qilingan guvohnoma qalbaki ekani aniqlangan”, deya xabar berdi Boş prokurorning matbuot kotibi Hayot Şamsiddinov Telegram-kanalida

Ta’kidlanişiça, holat böyiça Çilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi “b” bandi hamda 3-qismi (Hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlariga kirişilgan.

Çilonzordagi voqea haydovçilarning prokuratura organi soxta xizmat guvohnomasi bilan qölga tuşgan birinçi holat emas. Şu yilning mart oyida ham poytaxtning Bektemir tumanida yöl harakati qoidalarini mensimay harakatlanayotgan vaqtida töxtatilgan va özini Boş prokuratura xodimi sifatida taniştirgan Malibu haydovçisi Toşkent şahar IIBB va DXXning Toşkent şahar boşqarmasi bilan hamkorlikda ötkazilgan maxsus tadbirida qölga olingandi.

2019 yili Sirdaryoda ham soxta prokuror uşlangan va qator firibgarlik jinoyatlari uçun sud tomonidan 9 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.