15 dekabr kuni tunda Andijon viloyati Buloqboşi tuman gaz ta’minoti bölimi boşliği Ş.Ş. qölga olingan. Kun.uz manbasi xabar berişiça, u tabiiy gaz öğriligiga şaroit yaratib berişda ayblangan.
15 dekabr kuni Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan videoselektorda bugungi oğir vaziyatda elektr va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar, öğriliklar davom etayotgani, bunga joylardagi rahbarlar befarq va şerik bölayotganiga çidab bölmasligi qayd etilgandi.
Andijonda dekabr oyi boşida elektr va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar hamda öğriliklar bilan boğliq 325 ta holat qayd etilgan bölib, respublika miqyosida ikkinçi örinni egallagan.
- Eslatib ötamiz, 11 dekabr kuni «Hududgazta’minot» AJning Toşkent viloyati böyiça tarkibiy bölinmasi bölgan «Hududgaz Toşkent» filiali direktori M.A.ga nisbatan jinoyat işi oçilgan hamda ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingandi.
- Şuningdek, «Yangiyöl tumangaz» rahbari U. T. va «Guliston tuman elektr tarmoqlari korxonasi» sobiq rahbari F. Ş.ga ham jinoyat işi oçilib, ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.
















