Gaz muammosiga yeçim, aybdorlarga qamoq va hayfsan - hafta dayjesti
|14:40 / 18.12.202229 95016 min
Turkmaniston bilan kelişuv qişki gaz defitsitini “töliq hal qilişi” aytilyapti. Energetika tizimidagi amaldorlardan kamida 12 tasining ustidan jinoyat işi oçildi. Prezident oldida “qişga tayyorgarlikni barbod qilgan” hukumat miqyosidagi mansabdorlarning lavozimga loyiqligi masalasi turibdi. Yakunlanayotgan haftaning asosiy voqealari – Kun.uz dayjestida.
Gaz va elektr muammolarini hal qiliş oson emas, lekin odamlardagi kayfiyatga töğridan töğri ta’sir qiladigan ikkita narsani qilib qöyiş judayam oson. Birinçisi – koll-markazlar. Çiroq öçganida bir asabiylaşgan odam 1154 qisqa raqamiga telefon qilib tuşolmaganida battar asabiylaşadi. Şu oddiygina masala nega hal qilinmayotgani tuşunarsiz.
Yeçimi oddiy, lekin ijtimoiy kayfiyatga katta ta’sir qiladigan yana bitta masala – rejali öçirişlar grafigi. Odamlar çiroq öçganda qaçon yonişini, yonganida esa qaçon öçişini aniq bilsa, işlarini şunga qarab rejalaştiradi; çiroq öçganida esa nisbatan xotirjamroq qaraydi, çunki buni avvaldan kutgan va tayyorgarlik körib qöygan böladi.
Şu hafta energetiklar nihoyat şu işga qöl urdi. Hamma hududlardagi elektr korxonalari ta’minotdagi rejali uzilişlar jadvallarini e’lon qildi. Bu jadvallarga qançalik rioya qilinyapti va ular aholi orasida qançalik kengroq tarqatilyapti, hozirça bir narsa deyiş qiyin.
Grafiklarga köra, eng kam çeklovlar poytaxt Toşkent şahriga töğri keladi – kuniga 1 marta va maksimum 2 soat. Viloyatlarda esa rejali uzilişlar 2-4 soatdan kuniga 4-7 martagaça, bir sutkada jami 12 soatgaça ekanini köriş mumkin.
Köplab viloyatlarda 2 soatdan kuniga 4 marta, ayrimlarida 1 soatdan kuniga 6 marta, yana ayrimlarida esa 1-2 soatdan kuniga 7 marta uziliş qiliş közda tutilgan. E’lon qilingan grafiklar faqat rejali çeklovlarga oid, ya’ni avariyaviy uzilişlarga taalluqli emas. Şu bilan birga, grafikda belgilangan soatlarda çiroq öçmasligi ham mumkin, bu – ob-havo şaroiti va resurslarning yetiş-yetmasligiga boğliq.
Afsuski, e’lon qilingan juda köp suratlarning sifati juda past, ularni umuman öqib bölmaydi. Ayniqsa, Toşkent viloyati hududiy elektr tarmoqlari kanaliga grafiklar öta sifatsiz qilib yuklangan; “topşiriq bajarildimi, bajarildi” qabilida, qöl uçida iş qilingan. Bunday holatni boşqa qator viloyatlarda ham uçratiş mumkin.
Turkmanistondan gaz importi 2 barobarga oşişi mumkin
Foto: Nigoh / Telegram
Haftaning asosiy xabarlaridan biri – Özbekiston Turkmanistondan gaz importini ikki barobarga oşiradigan böldi. Duşanba kuni Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov Aşxobodga borib, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhammedov bilan bu borada kelişuvga erişgani aytilmoqda.
Mavzuga oid
Rasman e’lon qilinmagan, lekin rasmiy manbalar tomonidan matbuotga tarqatilgan ma’lumotlarga köra, safar çoğida Özbekistonga 3 oy davomida jami 1,5 mlrd kubometr qöşimça gaz beriş böyiça şartnoma imzolangan. Bu – kuniga 20 mln kubometrga töğri keladi.
Hukumatdagi manbalar şu orqali Özbekistonda qiş kunlaridagi gaz defitsiti hal bölişi mumkinligini aytyapti. Energetika vazirligi import oşirilişidan oldin kunlik gaz defitsiti 10 mln kubometr bölganini ma’lum qilgan. Reuters ma’lumotiga köra, Özbekiston Turkmanistondan bunga qadar kuniga 15 mln kubometr gaz sotib olayotgandi.
Bundan taşqari, ötgan hafta Turkmanistondan elektr energiyasi importi 17 foizga oşirilgani rasman e’lon qilingan edi. Lekin importning oşişi Energetika vazirligining har kunlik hisobotlarida körinmayapti: yetkazib berilayotgan gaz va elektr miqdorida oy boşidan beri sezilarli özgariş bölmadi.
Hafta örtalarida havo harorati biroz kötarilib, energotizimga yuklama birmunça kamaydi. Avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalaridagi çeklovlarda hozirça özgarişlar yöq. Seşanbadan boşlab Ai-80 benzini aksiz soliğidan vaqtinça ozod etilgani hisobiga “Özbekneftgaz” şoxobçalarida 6800 sömdan 5700 sömga arzonlaşdi. Buning ortidan arzonlaşgan benzin uçun turnaqator navbatlar kuzatildi, dastlabki kunlarda Toşkentda 40 daqiqadan ortiqroq navbat kutişga töğri keldi. Xususiy şoxobçalarda hozirça sezilarli narx özgarişi bölmadi.
80 markadagi benzin aksiz soliğiga tortilmasligi böyiça vaqtinçalik tartib 2023 yil 1 martgaça davom etadi.
Energoinspeksiyalar va departament reydlar boşladi
“Hududgazta’minot”ning Toşkent viloyati filiali direktori – ustidan jinoyat işi oçilgan, viloyat darajasidagi yagona energetika mansabdori. / Foto: ÖzA
Ai-80 benzinidan aksiz soliğini vaqtinça olib taşlaş haqidagi prezident qarorida yana bir band bor. Unga köra, 1 aprelgaça Energetika vazirligining inspeksiyalariga Biznes-ombudsman bilan kelişmasdan turib korxonalarning energiya iste’molini tekşirişga ruxsat berildi. Şu asosda hududlarda tadbirkorlik sub’yektlarining gaz va elektrga noqonuniy ulanişini tekşiriş boşlanib ketdi.
Ötkazilayotgan reydlarda köplab korxonalar bir neça ön minglab aholining bir oylik iste’moliga teng gaz yoki svetni öğirlagani aniqlanyapti. Buning ortidan qator hududlarda energetika mansabdorlari ustidan jinoyat işlari oçilyapti.
“Hududgazta’minot”ning Toşkent viloyati filiali direktori, Toşkent viloyatining Yangiyöl va Andijon viloyatining Buloqboşi tumanlari gaz idoralari direktorlari, Surxondaryoning Denov tumani gaz idorasi sobiq direktori va boş muhandisi ustidan jinoyat işlari oçildi, ularning ayrimlari qamoqqa olindi.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari rahbarlari ham tergovga tortilmoqda. Sirdaryo viloyatining Guliston tumani elektr tarmoqlari korxonasi sobiq rahbari, Surxondaryoning Muzrabot, Şerobod va Uzun tumanlari elektr tarmoqlari boşliqlari, Qiziriq tumani elektr tarmoqlari boşliği örinbosari, Sariosiyo tumani elektr tarmoqlari hisobçisi ustidan jinoyat işlari qözğatilgan. Muzrabotda kömir ombori mudiri va suv ta’minoti energetigi ustidan ham tergov boşlangan.
Sanab ötilgan jinoiy işlar figurantlarining hammasi – quyi tizimdagi sobiq va amaldagi mansabdorlar. Ular orasida viloyat miqyosidagi faqat bitta amaldor bor: Toşkent viloyati gaz ta’minoti boşliği. Ötgan hafta bu viloyat prokurori gazga noqonuniy ulanib olgan Olmaliqdagi ğişt zavodini tarmoqdan uzmaslikni söragani ma’lum bölgandi. Hafta davomida bu voqeaga doir biror yangilik bölmadi: aftidan, prokuror masalasi yopilganga öxşaydi.
“Ular qişga tayyorgarlikni barbod qildi” — prezident energotizim boş rahbarlarining lavozimga loyiqligi masalasini tilga oldi
Prezident energetika inqirozi uçun 7 nafar amaldorga hayfsan berdi. Boş vazirning birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov ilk marta krizis uçun javobgarlar qatorida tilga olindi. / Foto: Prezident matbuot xizmati
Energetika inqirozining aybdorlari masalasiga Şavkat Mirziyoyev ham töxtaldi. Prezident boş vazirning birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov va “Özbekneftgaz”, “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Milliy elektr tarmoqlari”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Öztransgaz”, “Hududgazta’minot” raislariga hayfsan berdi. Şavkat Mirziyoyevning aytişiça, ular hokimlar va sektor rahbarlari bilan birga qişga tayyorgarlikni barbod qilgan.
“Bu qişda özining ta’sirini körsatadi deb aytganimga qaramasdan, bular pastga tuşmaganini hammamiz kördik. Agar pastga tuşib, tizim qilib, qayerda qaçon öçiramiz, qayerda yoqamiz, benzinni nima qiliş kerak – hammasining hisob-kitobini töğri qilganda edi, bu gaplar ham bölmasdi. Ular qişga tayyorgarlikni barbod qildi. Bu ham haqiqat. Bular böyiça men ham köp narsani öylaşga majbur bölaman. Bular lavozimga munosibmi-yöqmi, degan savol köndalang turibdi”, – dedi davlat rahbari.
Prezident energetika sohasi amaldorlari, hokimlar va sektor rahbarlariga 2 oylik favqulodda rejimda işlaşga topşiriq berdi. Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev benzinga soliq imtiyozi joylarda “öyin bölib ketmasligi”ni talab qildi. Öğriliklar böyiça esa, organ rahbarlari kimga qanday jazo berilganini xalqqa aytib turişi kerak.
“Noqonuniy ulanişlar, öğriliklar böyiça Yöldoşev (boş prokuror), Bobojonov (içki işlar vaziri), Azizov (DXX raisi), Jörayev (MG qömondoni), Mirzaahmudov (energetika vaziri) har kuni xalqimizga kimga qanday jazo berganimizni aytib turişimiz kerak. Aytib turiş kerak! Qonun ustuvorligini butun xalq bilişi kerak”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Namoyişni yoritgan blogerga – 21 mln söm jarima
Prezident topşiriği fonida energetika tizimidagi kamida 12 nafar amaldor tergovga tortilgani haqida yuqorida aytib ötdik. Hozirgi kuçaytirilgan rejim vaqtida ularga nisbatan jazo ham qattiqroq böladimi-yöqmi, buni vaqt körsatadi. Lekin hozirgaça qattiqroq jazoni sezib ulgurganlar ham yöq emas.
Masalan, Andijonda mayda mezorilikda ayblangan ikki kişi 15 sutkaga qamaldi. Ular metan-şoxobçaga maşinalarni navbatsiz kiritiş bilan şuğullangan. Oltinköl tumani sudida ularga içki işlar xodimlariga qarşilik qiliş ayblovi ham qöyilgan.
Keskin jazoga tortilgan yana bir fuqaro – farğonalik bloger Olimjon Haydarov. U ötgan hafta Özbekiston tumanidagi zavod işçilarining gaz sörab ötkazgan namoyişini yoritgani ortidan, 13 dekabr kuni 21 mln söm jarimaga tortildi. Ayblovga köra, bloger namoyiş ötkaziş tartibini buzgan va yolğon axborot tarqatgan.
Ayblovni tan olmagan Haydarov sud qarori ustidan apellyatsiya berdi. Deputat Rasul Kuşerbayev namoyiş ötkaziş tartibi hali heç qayerda belgilanmaganini aytib, yozilmagan qoidani buzgani uçun fuqaroni javobgar qilib bölmasligini bildirdi. Kuşerbayev bu borada Oliy suddan izoh talab qilyapti.
Özbekistonda “Miting, yiğiliş va namoyişlar töğrisida”gi qonun loyihasi 2019 yilda e’lon qilingan edi. Lekin öşanda loyiha qabul qilinmagan, parlamentga ham kiritilmagandi. Şu hafta içki işlar vazirining matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov Kun.uz muxbirining savoliga javoban bu hujjat loyihasi tez kunlarda yana muhokamaga çiqarilişini aytdi.
“Hozirgi vaqtda bu hujjat qayta körib çiqilmoqda va tez kunlarda jamoatçilik muhokamasiga qaytadan taqdim qilinadi. Jamoatçilik taklif va e’tirozlari olingaç, u parlamentga kiritiladi”, – dedi u.
Şohrux Ğiyosov jurnalistlar qarşisiga qaçon vazir Pölat Bobojonovning özi çiqadi, degan savolga ham javob berdi.
“Vazir iştirokida matbuot anjumani ötkaziş haqida biz axborot bergan edik. Vazirimiz jamoatçilikning taklif va e’tirozlarini inobatga olgan holda bu masalani körib çiqmoqda. Bu tadbir haqida biz bir hafta avval sizlarga ma’lum qilamiz”, – deya javob qildi IIV sözlovçisi.
Kuçişlatar tuzilmalar – Toşkent avtobuslariga mas’ul
Içki işlar vaziri Pölat Bobojonov (furajkada) va uning ortida transport vaziri Ilhom Mahkamov / Foto: IIV matbuot xizmati
Pölat Bobojonov jurnalistlar qarşisida bölmasa ham, omma köz oldida köriniş berdi. U 16 dekabr kuni oddiy odamlar bilan birga avtobusda yurib kördi. Bobojonovga transport vaziri Ilhom Mahkamov hamrohlik qildi. Aynan transport vazirining avtobusda ketayotgani rasmini noyob rasm desa böladi.
Albatta, ikki vazir işga, uyiga, mehmonga yoki bozorga avtobusda borgani yöq. Ular prezident tanqididan keyin köçaga çiqib, bekatlarda va avtobusda odamlar bilan gaplaşib, Toşkentdagi jamoat transporti qay ahvolda ekanini örgandi.
Gap şundaki, Şavkat Mirziyoyev 13 dekabr kuni Uçtepa tumaniga taşrifida avtobus saroylaridan birini ham közdan keçirdi. Prezident odamlar sovuqda avtobus kelişini köp kutib qolayotganini aytib, mas’ullarga dakki berdi. Davlat rahbari boş vazirga bahorgaça Toşkentga mingta yangi avtobus olib kelişni buyurdi. Şuningdek, şahardagi 8 ta avtobus saroyi Içki işlar vazirligi, Favqulodda holatlar vazirligi va Milliy gvardiyaga biriktirildi.
Şu tariqa, birgina içki işlar tizimidan 212 ta xodim özlariga biriktirilgan avtobus yönalişlaridagi muammolarni örganişga kirişdi. Qisqa vaqtda 70dan ortiq nosoz avtobuslar tuzatilib, yönalişlarga çiqarildi. Samarqanddagi zavodda işlab çiqarilgan 100 ta yangi avtobus tezkor ravişda olib kelindi. Ularga qöşimça tarzda kuç tuzilmalarining 30ta Isuzu avtobuslari ham Toşkent yöllarida harakatlana boşladi. Hatto 10 ta turistik avtobus ham yönalişlarga çiqarildi. Şu va boşqa çoralar natijasida bir neça kun içida “Toşşahartransxizmat” tizimidagi avtobuslar soni sezilarli oşdi. Şunga mos ravişda oraliq interval vaqtlari ham qisqargani aytilyapti.
Qöşimça qiliş kerak, yönalişlarga çiqarilgan kiçik Isuzu avtobuslari nogironligi bor odamlar uçun moslaşmagan. Şahar jamoat transportida bunaqa avtobuslardan foydalaniş 2018 yilda taqiqlangan edi. Agar topşiriq bajaralib, bahorgaça mingta avtobus olib kelinsa, kiçik Isuzu'lardan voz keçilişiga umid qilamiz.
Umuman olganda, hozir Toşkent yöllaridagi avtobuslarning soni mingtaga yo yetadi, yo yetmaydi. Yana şunça avtobus olib kelinişi esa Toşkent uçun uzoq kutilgan juda katta yangilik bölgan bölar edi.
Prezident topşiriği bilan, şuningdek, şaharda avtobus haydovçilarining maoşi oşirilib, kamida 5-6 mln söm deb belgilandi. “Toşşahartransxizmat” haydovçilarni işga çaqiryapti. Bunda malaka talablariga ham jiddiy e’tibor berilişi kerak. Aks holda, masalan, seşanba kuni Mirzo Uluğbek köçasida ikkita katta avtobus töqnaşib ketdi, yölovçilardan ikki nafari jarohat oldi.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
UzAuto Motors Damas va Labo sotuvini ham vaqtinça töxtatdi. Bungaça kompaniya Spark va Nexia işlab çiqarişdan voz keçib, Cobalt va Gentra uçun şartnomalar berişni ham noma’lum muddatga töxtatgan edi. Şu tariqa, xaridorlar oldida faqat Onix varianti qoldi. Bu model uçun şartnomalar 2023 yil 31 dekabrgaça yetkazib beriş şarti bilan tuzilmoqda.
Meksikada 7 nafar özbekistonlik garovga olindi. UlarAQŞning Kaliforniya ştatiga ketayotgan paytda hujumga uçragan. Jinoyatçilar hamyurtlarimizdan 1200 dollar talab qilişgan, ularda esa pul bölmagan. Huquq-tartibot idoralari özbekistonliklarni jinoyatçilarning uyidan ozod qilib, migratsiya markaziga yuborgan. AQŞdagi diplomatlarimiz ularga yordam körsatilayotganini ma’lum qildi. Bu hafta, şuningdek, Samarqandda odamlarni Meksika orqali Amerikaga jönatmoqçi bölgan ikki firibgar qölga olindi. Ular öz xizmatini 25-30 ming dollarga baholagan.
Senat raisi Tanzila Norboyevaning Dörmondagi xizmat uyida öğrilik sodir böldi.Ma’lum bölişiça, bu uyda Norboyevaning qizi yaşab kelgan va u ötgan oyda 12500 dollarning öğirlanişini şu uyda enaga sifatida işlagan ayoldan körgan. Ayol gumonlanuvçi sifatida qamoqqa olingan, lekin aybi isbotlanmagani uçun qöyib yuborilgan. Kun.uz'dagi ma’lumotlar ayol qiynoqqa solingan bölişi mumkinligini körsatyapti. Içki işlar vazirligi xizmat tekşiruvi tayinlagan.
Toşkentdagi uçta yirik onkologiya markazidan ikkitasi sotilmaydigan böldi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga köra, Respublika onkologiya markazining Toşkent şahar va Toşkent viloyati filiallari öz joyida qoladi. Lekin rasmiylar hozirça sukut saqlaşda davom etyapti. Uçala şifoxona 17 dekabr holatiga ham auksionda turibdi. Auksion 19 dekabr, duşanbaga belgilangan.
Özbekistonda namoyiş etişga ruxsat berilgan xorijiy telekanallar soni 50 tadan 192 taga yetdi. Röyxatda BBC, CNN, CNBC, Fox News, Bloomberg, CGTN, “Al-Jazira” kabi telekanallar ham bor. Buni Rossiyaning axborot auditoriyasidan çiqişga tomon birinçi qadam deyiş mumkin. Lekin bu kanallarni asosan IPTV'da köriş mumkin, hozirça kabel televideniyesi paketiga qöşilmagan.
Hafta oxirida kadr özgarişlari röy berdi. Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi raisi Qahramon Sariyev prezidentning aholi bilan muloqot va mahalliy hokimliklar böyiça maslahatçisining örinbosari böldi. Uning örniga Qoraqalpoğiston hukumatini Farhod Ermanov boşqaradi. Ermanov bungaça Xorazm viloyati hokimi edi. Xorazmning Qöşköpir tumani hokimi Jörabek Rahimov viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.