Toşkent tumanidagi 26-maktab direktori lavozimida işlagan Saida Hoşimovaga dastlabki sudda tayinlangan jazo Toşkent viloyati sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atining hukmi bilan bekor qilindi. Bundan norozi bölgan Toşkent viloyati prokuraturasi Oliy sudning jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atiga protest kiritgan.
Mazkur işning voqealar xronologiyasi közdan keçirilsa, prokuratura tomonidan ayol kişiga qilingan bosimni köriş mumkin.
Saida Hoşimova özi rahbarlik qilib kelayotgan maktab oldidagi qurilişga qarşi çiqqanidan söng tadbirkor va mahallaning bir neçta a’zolari uning ustidan prokuraturaga şikoyat qilişadi. Aynan şu şikoyat tufayli prokuratura tomonidan maktab direktorining faoliyati tekşiriladi.
“2020 yilda maktab oldidagi qurilişga xalaqit berganim sababli qariyb ikki yildirki boşim muammolardan çiqmaydi. Va öşa quruvçi tadbirkor tomonidan yozilgan şikoyat asosida prokuratura xodimlari maktabimni tekşirişni boşladi. 70 kun davomida şunaqangi tekşiriş böldiki, 20 yillik faoliyatimda bunaqa tekşiruv körmaganman. Toşkent viloyati nazorat taftiş boşqarmasining dalolatnomasi asosida men bilan tergov harakatlari boşlandi. Birinçi kuni prokuratura eşigi oldida telefonimni olib qolişdi. 7 soat tergov qilişdi”, — deydi Saida Hoşimova.

7 soatlikdan tergovdan çiqqan direktor telefonini olgaç, ijtimoiy tarmoqlarda va elektron OAVlarda özi haqida çiqqan xabarlarni körib qoladi: prokuratura aybsizlik prezumpsiyasini buzib, Toşkent tumanidagi 26-maktab direktori 173 mln söm budjet mablağini talon-toroj qilganlikda gumonlanayotgani haqida rasmiy xabar tarqatgandi.
Prokuraturaning navbatdagi “yurişi” bilan Saida Hoşimova jinoyat işlari böyiça Toşkent tumani sudining 21 apreldagi ajrimi asosida lavozimidan çetlatilib, uy qamoğiga olingan.
2021 yilning 26 may kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent tuman sudida Saida Hoşimovaga nisbatan qözğatilgan jinoyat işini körib çiqiş

















