AQŞga oldindan e’lon qilinmagan taşrif Rossiya prezidenti Vladimir Putin mudofaa vazirligi kollegiyasi yiğilişida RF qurolli kuçlari faoliyati yakunlarini sarhisob qiladigan va «keyingi yil uçun vazifalarni qöyadigan» kunga töğri kelmoqda.
Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per Zelenskiyning taşrifi «Qöşma Ştatlar Ukrainani qança kerak bölsa, şunça vaqt davomida qöllab-quvvatlaşga tayyorligini körsatuvçi» taşrif böladi.
Bu ukrainlar prezidentining 301 kundan buyon davom etayotgan uruş davridagi ilk xorijiy safaridir. 24 fevraldan buyon u Ukrainani tark etmagan va xorijlik siyosatçilarni Kiyevda qabul qilgan yoki ular bilan videoaloqa orqali muloqot qilgandi.
«Ukrainaning bardoşliligi va mudofaasini kuçaytiriş uçun AQŞga yöl oldim. Xususan, Jo Bayden bilan Ukraina va AQŞ hamkorligi masalalarini muhokama qilişga. Şuningdek, Kongressda çiqiş qilaman va qator ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazaman», deya yozgan Zelenskiyning özi tvitter sahifasida.
Oq uy bayonotida aytilişiça, Volodimir Zelenskiyning Vaşingtonga taşrifi vaqtida Jo Bayden Ukrainaga Rossiya tajovuzidan himoyalaniş uçun xavfsizlik sohasida yangi yordam paketi haqida e’lon qiladi.
Gap Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlarini ham öz içiga oluvçi 2 mlrd dollarlik harbiy yordam paketi haqida bormoqda - bu ittifoqçilar tomonidan ukrainlarga berilayotgan eng kuçli va zamonaviy raketa hujumiga qarşi quroldir.
Asosiy ittifoqçi
Germaniyaning Kil nomidagi Jahon iqtisodiyoti instituti hisob-kitoblariga köra, AQŞ joriy yilda Ukrainaga 18,5 mlrd dollar miqdorida harbiy yordam körsatgan - bu Ukrainaga boşqa ittifoqçilar birgalikda körsatgan yordamdan köproqdir.

AQŞ budjetida keyingi yil uçun Ukrainaga 23,5 mlrd dollarlik harbiy yordam körsatilişi belgilangan, umuman Ukrainadagi uruş bilan boğliq modda böyiça 40 mlrd dollar ajratiladi - bu harbiy xizmatçilarni öqitiş, jihozlaş (jumladan qurollantiriş), logistika, razvedka bilan qöllab-quvvatlaş, şuningdek Ukrainaga beriladigan Amerika zaxiralarini töldirişni közda tutadi.
Volodimir Zelenskiy doimiy ravişda ittifoqçilarni Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordam hajmini oşirişga çaqirib keladi. Uning sözlariga köra, uruş mamlakat uçun oyiga kamida beş milliard dollarga tuşmoqda.


















