Samarqand viloyat hokimi örinbosari Jamşid Öroqov Savdo-sanoat palatasi raisi örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jamşid Öroqov 1972 yili Samarqand şahrida tuğilgan, iqtisod fanlari nomzodi. 2009-2014 yillarda Samarqand viloyati hokimi örinbosari sifatida işlagan. 2015-2017 yillarda Savdo-sanoat palatasining Samarqand viloyati hududiy boşqarmasi boşliği bölgan, 2017 yildan 2019 yilgaça palata raisining örinbosari sifatida işlagan.

U 2019 yil yanvaridan buyon Samarqand viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.

Bundan oldinroq 2017-2022 yillarda Savdo-sanoat palatasiga raislik qilgan Adham Ikromov palata rayosati raisi bölib qaytgani xabar qilingandi.

Palataga 2022 yil martidan buyon Davron Vahobov raislik qilib kelmoqda.