Toşkent viloyati hokimligi ma’lumotiga köra, şu kungaça Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazining Toşkent viloyati filialiga “DOK-1 MAKS” siropi iste’mol qilgan va zaharlaniş belgilari bölgan 9 nafar bola olib kelingan. Qayd etilişiça, ulardan 5 nafari soğayib, uyiga qaytarilgan, 4 nafarining ahvoli esa barqaror holatda. “Ularga tegişli standartlar asosida muolajalar davom ettirilmoqda”, – deyiladi izohda.

Şuningdek, xabar qilinişiça, hozirgaça “DOK-1 MAKS” preparatidan zaharlaniş tufayli ölim holati kuzatilmagan.

“Ma’lumot örnida aytiş mumkinki, hozirda hududlardagi barça dorixonalarda huquqni muhofaza qiluvçi organlar vakillari va tuman-şahar tibbiyot birlaşmalari xodimlari tomonidan örganiş olib borilib, “Quramax” kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan dori vositalari yiğiştirib olingan. 

Aholi orasida dori-darmonlarni şifokor körsatmasisiz, palapartiş iste’mol qilişning salbiy oqibatlari böyiça şifokor va patronaj hamşiralari tomonidan uyma-uy yurib, tuşuntiriş olib borilmoqda. Bu jarayonda xonadonlardagi şaxsiy dori qutilari ham közdan keçirilmoqda”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib ötamiz, şu yil 4 yanvarda Sirdaryo viloyatida “DOK-1 MAKS” va “Ambronol” dorilari yetti nafar bolaga nojöya ta’sir qilgani ma’lum qilingandi. 2 yanvarda esa Farğonada ham aynan şu preparat sabab zaharlaniş aniqlangandi.

Undan oldinroq, 2022 yilda esa Qaşqadaryoda 1 nafar, Samarqandda 18 nafar bola “DOK-1 MAKS”dan vafot etgandi.