Namangan viloyati

Viloyatdagi maktablarning aksariyatida öqiş 11 yanvardan boşlanadi. Faqat 24 ta maktabda darslar bosqiçma-bosqiç boşlanadi. Viloyat haqidagi bu xabarni Namangan şahri hokimligi soat 23:25da (!) e’lon qildi.

Qöşimça qilinişiça, 11 yanvardan Namangan viloyatidagi OTMlar, texnikumlar, kollej va kasb-hunar maktablari ham ta’limni davom ettiradi.

Jizzax viloyati

Jizzax viloyatidagi 140 ta maktabda darslar 11 yanvardan boşlanadi. Viloyat XTBning soat 23:07da (!) ma’lum qilişiça, aynan şunça maktabda darslarni ertagayoq boşlaş imkoniyati bor.

Qolgan 415 ta maktabda öquv jarayonlari bosqiçma-bosqiç boşlanadi. Rasmiy xabarda 140 ta maktab qaysi maktablar ekaniga aniqlik kiritilmagan, qolgan 415 ta maktab böyiça sanalar mavhum qolgan.

Toşkent şahri

11 yanvardan boşlab poytaxtdagi umumta’lim maktablarida ularning şaroiti, işlaşga tayyorligiga qarab, bosqiçma-bosqiç öquv jarayonlari boşlanadi.

Bu haqda keç soat 22:47da (!) ma’lum qilgan şahar hokimligiga köra, darslar qaçon boşlanişini maktablar rahbariyati ota-onalar kengaşi bilan kelişgan holda hal qiladi.

Hokimlik bayonotidagi bu ikki abzats bir-biriga zid: 11 yanvardan darslar boşlanişi aytildi, lekin qaysi maktablarda boşlanişiga aniqlik kiritilmadi – qanday qilib ota-onalar 11 yanvardan darsni boşlaş haqidagi qarorga kelişlari mumkin, axir 10 yanvar deyarli tugagan.

Qaşqadaryo viloyati

Viloyat hokimligining 10 yanvar soat