Sovuq ob-havo sababli Toşkent şahri maktablarida 12 yanvardan darslar bekor qilingan. Bu haqda Kun.uz'ga Toşkent şahar maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumot uçun, maktabgaça va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning buyruği bilan respublika maktablarida sovuq ob-havo tufayli darslar 11 yanvardan 18 yanvargaça uzaytirilgan edi. Lekin tasodifan bu qaror bekor bölgani va darslar 11 yanvardan boşlanişi haqida viloyat hokimlarining qarori e’lon qilina boşlandi. Toşkent şahar hokimligi ham 11 yanvardan darslar boşlanişini e’lon qilgandi.

Biroq Toşkent şahar maktab va maktabgaça ta’lim boşqarmasi Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, poytaxtdagi barça maktablarda darslar 18 yanvardan boşlanadi. Bu qarorni kim qabul qilgani masalasi esa oçiq qoldi. Toşkent şahar hokimligi bu vazifa Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligiga yuklatilganini ma’lum qildi. Lekin ta’til bekor bölişi haqidagi qaror kim tomonidan çiqarilgani noma’lum.

Eslatib ötamiz, hozirgaça Buxoro, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpoğiston maktablarida ham darslar bir-ikki kun davom etgaç, ta’til yana uzaytirildi.