Toşkent şahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxöjayev Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qömitasi a’zosi hisoblanadi. Markaziy saylov komissiyasiga köra, uning hokimlik lavozimini tark etişi senator sifatidagi faoliyatiga ta’sir qilmaydi.
Qayd etilişiça, “Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi töğrisida”gi qonunning 4-moddasiga köra quyidagi hollarda senatorning vakolati muddatidan oldin tugatiladi:
- yozma arizasiga köra;
- senatorlik vakolatlarini amalga oşirişiga nomuvofiq lavozimga ötganda;
- sudning ayblov hukmi kuçga kirganda;
- sud muomalaga layoqatsiz deb topganda;
- bedarak yöqolgan deb topilganda yoki vafot etganda;
- Özbekiston Respublikasi fuqaroligini yöqotgan taqdirda;
- palata tarqatib yuborilganda.
Şuningdek, alohida hollarda deputatning, senatorning vakolatlari tegişinça Qonunçilik palatasining, Senatning qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatilişi mumkin. Deputat, senator degan yuksak nomga doğ tuşiruvçi xulq-atvor bunday masalani körib çiqiş uçun asos bölişi mumkin.
Ortiqxöjayev hokimlikdan ketgan bölsa ham senator rutbasini saqlab qolişi mumkin. Masalan, Navoiy viloyatiga hokimlik qilgan Qobil Tursunov iste’foga çiqqanidan söng maqomini saqlab qoldi va bugungi kungaça senator sifatidagi faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
Yuqori palata a’zoligidan taşqari, Jahongir Ortiqxöjayev xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşi deputati hamdir. Qonunga köra, xalq deputatlari şahar kengaşining senator etib saylangan deputati vakolatlarining muddatidan ilgari tugatilişi uning senatorlik vakolatlari ham tugatilişiga olib keladi.
17 yanvar kuni xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşi quruq gap bilan, yolğon svodka bilan pastga tuşmagani uçun prezident tomonidan işdan olingan

















