UzAuto Motors şu kunga qadar tuzilgan va tölov amalga oşirilgan şartnomalar böyiça avtomobillar narxini pasaytirdi.
Bu – 2023 yildan boşlab QQS stavkasi 15 foizdan 12 foizga tuşirilgani bilan boğliq.
«Avtomobil narxining pasayişi bugungi kunga qadar jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan tuzilgan hamda şartnoma şartlariga muvofiq tölovni amalga oşirgan amaldagi şartnomalarga nisbatan qöllaniladi», - deyiladi rasmiy xabarda.
Bayonotda QQS stavkasining pasayişi yangi tuziladigan şartnomalar böyiça narxlarga ta’sir qiliş-qilmasligi haqida gap yöq. Kompaniya vakilining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, bu böyiça yangilik yaqin kunlarda rasmiy sahifalar orqali e’lon qilinadi.
UzAuto Motors, şuningdek, avval tuzilgan şartnomalar böyiça avtomobillarni yetkazib beriş 17 yanvardan boşlab qayta tiklanganini ma’lum qilgan.
Ayni paytda, kompaniya yangi şartnomalar qabul qilişni qaçon boşlaşi noma’lumligiça qolmoqda. Cobalt va Lacetti sotuvi noyabr oyida, Damas va Labo sotuvi esa dekabrda töxtatilgandi. Yanvar oyiga kelib, kompaniya qolgan modellari böyiça ham kontraktatsiyani noma’lum muddatga töxtatib qöydi.
Oxirgi yillarda UzAuto Motors har safar narxlarni oşirişdan oldin kontraktatsiyani yopib qöygan. Bu gal ham şartnoma beriş töxtatilgani aynan narxni oşirişga tayyorgarlik bilan boğliqligi taxmin qilinmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda narxlar 30 foizga oşişi mumkinligi aytilyapti, kompaniya buni tasdiqlamayotgan bölsa-da, rad etmayapti ham.
Avvalroq Kun.uz yozganidek, UzAuto Motors oxirgi 13 oy içida törtinçi marta narxni oşirmoqda.
Spark va Nexia kabi budjet modellar sotuvdan olingani, ayni şu toifadagi avtomobillar uçun bojlar stavkasi eng yuqori ekanidan kelib çiqib aytiş mumkinki, özbekistonliklar avtomonopoliya iskanjasidan tobora köproq jabr köra boşlaydi.

















