Ukrainada uruşning 329-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Kiyev oblastining Brovari şahrida vertolyot halokatga uçradi, uning bortida Ukraina IIV rahbariyati ketayotgandi. Aviahalokat bolalar boğçasi binosi yaqinida yuz berdi. Hodisa oqibatida 14 kişi halok bölgan, ular orasida Ukraina içki işlar vaziri Denis Monastirskiy, uning örinbosari va yordamçisi, şuningdek vazirlik davlat kotibi bor edi.
- Ukraina milliy politsiyasi rahbari Igor Klimenko mamlakat içki işlar vazirligining vaqtinçalik rahbari lavozimiga tayinlandi.
- Volodimir Zelenskiy videoaloqa orqali Davosdagi forumda çiqiş qildi. U ittifoqçilarni Ukrainaga qurol yetkazib berişda sustkaşlik qilmaslikka çaqirdi.
- Moskva, Peterburg, Krasnodar, Omsk va Yekaterinburgda Dniprodagi turar joyga raketa zarbasi oqibatida halok bölganlar xotirasiga stixiyali memoriallar paydo bölmoqda. 18 yanvarga ötar keçasi Moskvdagi stixiyali memorial kommunal xizmatlar tomonidan olib taşlandi, politsiya esa uning atrofidagi tört kişini qölga oldi.
- Vladimir Putin mudofaa sanoati kompleksi xodimlari muddatli xizmatga çaqirilişi keçiktirilişini va’da qildi.
Kunning asosiy voqeasi. Brovarida vertolyot quladi
18 yanvar kuni Kiyev atrofidagi Brovari şahrida Ukraina favqulodda vaziyatlar böyiça davlat xizmati vertolyoti qulab tuşdi. Halokat oqibatida 14 kişi vafot etdi, ular orasida — Ukraina IVV rahbari Denis Monastirskiy ham bor. Bortda bölgan ön kişining barçasi halok bölgan. Qolgan qurbonlar va jabrlanuvçilar — vertolyot qulagan joydagi bolalar boğçasi xodimlari va tarbiyalanuvçilaridir.
Halokat sabablari, Ukraina xavfsizlik xizmatiga köra, parvoz qoidalari buzilişi, vertolyotning texnik nosozligi yoki havo kemasini yöq qilişga qaratilgan qasddan sodir etilgan harakat bölişi mumkin. Bundan taşqari, Brovariyadagi avariya vaqtida qalin tuman kuzatilgan va taxmin qilinişiça, pilot qarşisidagi baland binoni vaqtida körmay qolgan va keskin kötarilib, boşqaruvni yöqotgan.






























