Mahallabay agentligida navbatdagi şubhali tenderlar: 1-2 kunlik MÇJlar ğolib bölmoqda
|19:44 / 23.01.202321 5437 min
Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligining Toşkent şahar boşqarmasi ötkazgan, umumiy qiymati 4 mlrd sömni taşkil etuvçi 3 ta tenderning barçasini oçilganiga qisqa vaqt bölgan bitta MÇJ yutgan. Unga uçala tenderda ham bir xil kompaniyalar raqib bölgan. Bu – agentlikning şubhali tenderlari bilan boğliq birinçi holat emas.
Subsidiya asosida berilayotgan noutbuk. Mirzo Uluğbek tumani / Foto: Mahallabay işlaş agentligi
Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligining Toşkent şahar boşqarmasi12 dekabrdan 19 dekabrga qadar 3 ta tender ötkazgan. Umumiy qiymati 4 mlrd sömni taşkil etuvçi mazkur tenderlarning barçasidaoçilganiga 2 oy bölgan “The Lexar” MÇJ ğolib deb topilgan.
1-holat. 1,5 mlrd söm
12 dekabrdan 19 dekabrga qadar kompyuter va noutbuk xaridi uçun ötkazilgan 1 mlrd 505 mln sömlik tenderda “The Lexar” MÇJ ğolib bölgan va 22 dekabr kuni uşbu MÇJ bilan 1 428 990 000 sömlik şartnoma tuzilgan.
2-holat. 1,48 mlrd söm
12 dekabrdan 19 dekabrga qadar kompyuter va noutbuk xaridi uçun ötkazilgan 1 mlrd 484 mln sömlikikkinçi lotda ham “The Lexar” MÇJ ğolib bölgan va 22 dekabr kuni uşbu MÇJ bilan 1 408 980 000 sömlik şartnoma tuzilgan.
3-holat. 1,2 mlrd söm
12 dekabrdan 19 dekabrga qadar kompyuter, noutbuk va printer xaridi uçun ötkazilgan 1 mlrd 200 mln sömlikuçinçi lotda
Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligining Toşkent şahar boşqarmasi uşbu 3 ta holat böyiça “The Lexar” MÇJ bilan umumiy hisobda 4 mlrd sömlik şartnoma tuzgan.
Davlat reyestriga köra, “The Lexar” MÇJ 2022 yil 20 oktabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan bölib, uning 100 foiz uluşiga Rasulov Javohir Abdurahmon öğliegalik qiladi.
E’tiborlisi, yuqoridagi 3 ta tenderning barçasida “The Lexar” MÇJdan taşqari yana 2 ta — “Crucial” va “The Globall-Field” MÇJlar ham qatnaşgan. Davlat reyestrida esa har ikki MÇJning yuridik manzili sifatida bitta joy – Toşkent şahri, Şayxontohur tumani, Labzak köçasi, "Şayxontohur" MFY, 32A-uy körsatilgan. Ya’ni tenderda iştirok etgan va “yutqazgan” ikkita MÇJ bitta manzilda joylaşgan.
Bundan taşqari, “The Globall-Field” MÇJ 2 dekabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Mazkur MÇJ tenderda qatnaşib beriş uçun oçilgan bölişi mumkin. Bu holatlar esa tenderlarda korrupsion sxemalar borligi haqidagi şubhalarni yanada oşiradi.
Bu birinçi holat emas. Kun.uz avvalroq Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligining Toşkent şahar boşqarmasi tikuv maşinalari xarid qiliş uçun ötkazgan, umumiy qiymati 3,4 mlrd sömlik 4 ta tenderda oçilganiga bir neça kun bölgan MÇJlar ğolib bölganiga e’tibor qaratgandi. Uşbu tenderlarni örganar ekanmiz, 2022 yildagi yana bir neçta şubhali holatlarga duç keldik.
Jumladan, “Chevar san’ati” MÇJ tender tugaydigan kuni oçilgan va ikki haftada 4 mlrd 443 mln 850 ming söm mablağni qölga kiritgan.
1-holat. 1 mlrd 660 mln söm
1 avgustdan 8 avgustga qadar tikuv maşinasi xarid qiliş uçun ötkazilgan, 1 mlrd 660 mln sömlik tenderda 8 avgust kuni oçilgan “Chevar san’ati” MÇJ ğolib bölgan va 1 mlrd 655 mln 850 ming sömlik şartnoma tuzilgan. Ya’ni tenderda ğolib bölgan firma tender yakunlanadigan kuni davlat röyxatidan ötkazilgan.
2-holat. 1 mlrd 785 mln söm
11 avgustdan 18 avgustga qadar tikuv maşinasi xarid qiliş uçun ötkazilgan, 1 mlrd 785 mln sömlik tenderni ham “Chevar san’ati” MÇJ qölga kiritgan va 1 mlrd 779 mln sömlik şartnoma tuzilgan.
3-holat. 1 mlrd 10 mln söm
12 avgustdan 22 avgustga qadar noutbuk, monoblok va printer xarid qiliş uçun ötkazilgan, 1 mlrd 10 mln sömlik tenderni ham “Chevar san’ati” MÇJqölga kiritgan va 1 mlrd 9 mln sömlik şartnoma tuzilgan.
Uşbu 3 ta holatdan yaqqol körinib turibdiki, 8 avgustda oçilgan firma 22 avgustga qadar 3 ta tenderni, umumiy qiymatda 4 mlrd 443 mln 850 ming söm mablağni qölga kiritgan.
Şuningdek, “Tikuv ustasi” MÇJ tender tugaşiga ikki kun qolganda oçilgan va bir haftada 3 mlrd 406 mln 490 ming söm mablağni qölga kiritgan.
1-holat. 1 mlrd 510 mln söm
30 avgustdan 8 sentabrga qadar tikuv maşinasi xarid qiliş uçun ötkazilgan 1 mlrd 510 mln sömlik tenderni 6 sentabr kuni oçilgan “Tikuv ustasi” MÇJ qölga kiritgan va 1 mlrd 508 mln 490 ming sömlik şartnoma tuzilgan. Ya’ni 2 kunlik firma uşbu tenderda ğolib bölgan.
2-holat. 788 mln söm
31 avgustdan 13 sentabrga qadar tikuv maşinasi xarid qiliş uçun ötkazilgan 788 mln sömlik tenderni ham “Tikuv ustasi” MÇJ qölga kiritgan va 788 mln sömlik şartnomatuzilgan.
3-holat. 1 mlrd 110 mln söm
31 avgustdan 13 sentabrga qadar tikuv maşinasi xarid qiliş uçun ötkazilgan 1 mlrd 110 mln sömlik yana bir tenderni ham “Tikuv ustasi” MÇJqölga kiritgan va 1 mlrd 110 mln sömlik sömlik şartnoma tuzilgan.
Uşbu 3 ta holatda ham 6 sentabrda oçilgan firma 13 sentabrga qadar 3 ta tenderni, umumiy qiymatda 3 mlrd 406 mln 490 ming söm mablağni qölga kiritgan.
Yana bir qiziq holat: agentlikning Toşkent şahar boşqarmasi ötkazayotgan qator tenderlarda Farğona viloyatida faoliyat yurituvçi MÇJlar ğolib bölmoqda. Şuningdek, Toşkent şahrida röyxatdan ötgan MÇJ ğolib bölgan örinlarda esa öşa MÇJ ta’sisçisining Farğonada faoliyat yurituvçi MÇJlari borligi ham turli şubhalarni uyğotmoqda.
Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligining Toşkent şahar boşqarmasi tomonidan ötkazilgan, soliq tölovçilarning milliardlab mablağlari haqida söz boradigan uşbu şubhali tenderlar böyiça Boş prokuratura, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi va Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi jiddiy tekşiruv ötkazişi kerak.