
Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi tikuv maşinalari xarid qiliş böyiça 3,4 mlrd sömlik 4 ta şubhali tender masalasida munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinişiça, Kun.uz'ning maqolasida körsatilgan holat böyiça Iqtisodiyot vazirligi içki audit xizmati va Monopoliyaga qarşi qömita mutaxassislari tomonidan agentlikning Toşkent şahar boşqarmasida örganiş ötkazilgan.
“Örganiş natijalari böyiça töplangan hujjatlar huquqiy baho beriş uçun Toşkent şahar prokuraturasiga yuborilgan”, – deyiladi agentlikning Telegram-kanalida berilgan rasmiy axborotda.
Kun.uz'ning: “Prokuraturaga yuborilgan bölsa, demak, qonunbuziliş holatlari aniqlangan, şundaymi? Agar qonunbuziliş holatlari aniqlangan bölsa, nega baribir şartnomalar tuzildi? Hujjatlar prokuraturaga qaçon yuborildi?” degan savollariga agentlik matbuot xizmati quyidagiça javob berdi:
“Holat yuzasidan qonunbuziliş holatlari mavjudligi yoki mavjud emasligiga huquqiy baho beriş maqsadida tegişli ma’lumotlar 2022 yil 13 dekabrda Toşkent şahar prokuraturasiga yuborilgan”.
Eslatib ötamiz, törtta tenderda oçilganiga 1, 2, 3 va 4 kun bölgan firmalar, ya’ni tender bölib ötayotgan vaqtda oçilgan yangi korxonalar ğolib deb topilgan. Kun.uz bu korxonalarning hammasi Farğona viloyatining Qöqon şahrida joylaşgani, özaro yaqin qarindoşlarga tegişli bölişi mumkinligiga e’tibor qaratgandi. Qolaversa, tikuv maşinalari uçun 6 mln söm atrofidagi narx bozor narxidan qimmat bölişi mumkinligi qayd etilgandi.
Şundan keyin, 2 dekabr kuni Mahallabay işlaş agentligi holat yuzasidan örganişlar boşlanganini bildirgandi. Keyinroq Kun.uz örganiş tayinlanganiga qaramay, bu tenderlar böyiça şartnomalar baribir imzolanganini
















