Ukrainada uruşning 333-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukrainalik razvedkaçi va RF bilan muzokaralar iştirokçisi Denis Kireyev Ukraina xavfsizlik xizmati avtomobilida öldirilgan, bu haqda Ukraina harbiy razvedkasi boşliği Kirill Budanov ma’lum qildi. Uning aytişiça, Kireyev ikkiyoqlama agent bölişi mumkin emasdi, uning vazifasi Rossiya bilan 2022 yil martidagi muzokaralarda jarayonni çöziş va bu orqali Ukraina qurolli kuçlari uçun vaqtdan yutişga imkon beriş bölgan.
  • Ukrainalik jurnalistlar öz mamlakati mudofaa vazirligini harbiy xizmatçilar uçun oziq-ovqat mahsulotlarini bozor narxidan ikki-uç barobar qimmatga xarid qilişda gumonladi. Vazirlik bu boradagi suriştiruv «çalğituvçi fikr» ekanini bildirib, bu borada Ukraina xavfsizlik xizmatiga murojaat qilişga va’da berdi. Davlat auditorlik xizmati tuzilgan harbiy şartnomalarni tekşirişga kirişdi.
  • Polşa hukumati nemis tanklarisiz ham «kiçik koalitsiya» Ukrainaga tanklar yetkazib berişga tayyorligini ma’lum qildi.
  • Buyuk Britaniyaning sobiq boş vaziri Boris Jonson Ukrainaga keldi. U Buça va Borodyankada böldi, şuningdek Kiyevda Volodimir Zelenskiy bilan uçraşdi.
  • Davlat dumasi spikeri Vyaçeslav Volodin Ukrainaga yangi qurollar yetkazib berilişi fonida Ğarb davlatlariga «global falokat» va «yakson etiş» bilan tahdid qildi.

Dniproda xotirlaş marosimi 

Pravoslav ruhoniylar Dniprodagi turar joy binosi oldida janoza marosimi ötkazişdi. 14 yanvar kuni Rossiya Ukraina böylab yoppasiga raketa zarbalari yöllagan; Dniproda raketa töqqiz qavatli uyga tuşgan va ikki pod’yezdni qulatgandi. Jami 46 kişi halok bölib, önlab kişilar yaralangan va bedarak ketgandi. Ukraina tomoniga köra, rossiyaliklar tovuş tezligida harakatlanuvçi X-22 qanotli raketasidan foydalangan, u  Kursk oblastidan uçirilgan. Foto: Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA