Özbekistondagi barça vazirlik va idoralar öz faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida taşkillaştiriş maqsadida 16ta yönaliş böyiça aniq takliflarni öz içiga olgan prezident hujjati loyihasini administratsiyaga kiritadi.

25 yanvarda imzolangan farmonga köra, hujjatlar loyihalarida jumladan quyidagi masalalar böyiça manzilli çora-tadbirlar belgilanadi:

  • sohalarda hal qilinişi lozim bölgan masalalarga yeçim topişga yönaltirilgan taşkiliy-huquqiy va moliyaviy çora-tadbirlar, aholi uçun qulay şaroitlar yaratiş, fuqarolarning tizimli muammolarini hal etiş;
  • budjet mablağlaridan maqsadli va oqilona foydalaniş, davlat xaridlari şaffofligini oşiriş, şuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari uçun teng imkoniyatlar yaratiş orqali davlat xaridlari jarayonida raqobatni rivojlantiriş;
  • tegişli sohalarda davlat-xususiy şeriklik va autsorsing mexanizmlarini keng joriy qiliş, 2023 yildan boşlab vazirlik va idoralar hamda ularning tizim taşkilotlarining ayrim funksiyalarini bosqiçma-bosqiç xususiy sektorga ötkaziş;
  • tadbirkorlik faoliyatini rivojlantiriş (ularga xizmat körsatiş, davlat tomonidan subsidiya taqdim etiş, imtiyoz beriş va boşqaça tartibda qöllab-quvvatlaş) hamda aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş tizimini takomillaştiriş;
  • vazirlik va idoralarda hamda ular tarkibiga kiradigan taşkilotlar kesimida korrupsiya avj olgan sohalarda uning rivojlaniş sabablari va şartlarini örganiş asosida uşbu sohalarning har biriga “taşxis qöyiş” hamda korrupsiya omillarini bartaraf etiş;
  • sohaga AKTni keng joriy etiş, şu jumladan vazirlik va idoralarning iş jarayonini raqamlaştiriş;
  • energiyani tejaş, uning samaradorligini oşiriş va sohaga qayta tiklanuvçi energiya manbalarini keng jalb qiliş.