Xalq deputatlari Şörçi tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida taşkiliy masala körib çiqildi.
Sessiyada şu kunga qadar tuman hokimi lavozimida işlab kelayotgan Baxtiyor Haitoviç Xudoyberganov vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Uluğbek Xurramoviç Zokirov tasdiqlandi.
Uluğbek Zokirov 1974 yil 3 dekabrda Sariosiyo tumanida tuğilgan. 1995 yil Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti, 2004 yil Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan. Ma’lumoti böyiça mutaxassisligi biologiya öqituvçisi, iqtisodçi.
U.Zokirov 1997-2022 yillarda tijorat banklari, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi, Qişloq quriliş invest, Markaziy bank boşqarmasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2022 yildan buyon Respublika Markaziy bank departament direktori örinbosari lavozimida işlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uçun, Baxtiyor Xudoyberganov 2019 yil sentabrida Şörçi tumani hokimi etib tasdiqlangandi.
Şu tariqa, Surxondaryo viloyatining sobiq hokimi Töra Bobolov hokimligi davrida tuman hokimligiga tayinlanganlar işdan olinmoqda. Bugun viloyatning Angor, Termiz, Muzrabot va Jarqörğon tumanlarida ham yangi hokimlar iş boşladi.

















