Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov 26 yanvarda bölib ötgan matbuot anjumanida regulyatorning kripto-aktivlarga investitsiya va tölov vositasi sifatidagi pozitsiyasi haqidagi savoliga javob berdi.
U Markaziy bank kripto-aktivlar masalasiga butun dunyo kabi juda konservativ yondaşişini aytdi.
«Biz kriptovalutani qimmat aktiv deb hisoblamaymiz va unga munosabatimiz salbiy», dedi u.
Markaziy bank raisi “Özbekiston rezidentlariga töğridan töğri kripto-aktivlar oldi-sotdisida iştirok etiş taqiqlangani”ni aytdi (biroq bunday emas).
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Markaziy bank raisining sözlariga raddiya bilan çiqdi. Agentlik Nurmurodov tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar eskirgan va haqiqatga töğri kelmasligini ta’kidladi.
«Istiqbolli loyihalar milliy agentligi kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantiriş hamda uşbu sohada faoliyatni litsenziyalaş va ruxsat beriş tartib-taomillari böyiça vakolatli organ hisoblanadi.
Ya’ni Markaziy bank kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi vakolatli organ hisoblanmaydi, şu sababli uning vakillari Markaziy bank tomonidan tartibga solinmagan sohaga oid bayonotlar berişga haqli emas», deyiladi raddiyada.
Agentlik Markaziy bank raisining nutqida mahalliy aholining kripto-aktivlarni sotib olişda bevosita iştirok eta olmasligi haqida gapirganida eskirgan va işonçsiz ma’lumotlarni keltirganini qayd etdi.
«Xususan, 2019 yilda kripto-birjalarni litsenziyalaş tartibi töğrisidagi Nizomga tegişli özgartirişlar kiritilib, kripto-birjalarda savdoni amalga oşiriş qoidalari tasdiqlandi. Mazkur qoidalarda Özbekiston Respublikasi rezidentlari kripto-birjalarda faqat kripto-aktivlar va tokenlarni sotiş böyiça operatsiyalarni amalga oşiriş huquqiga egaligi nazarda tutilgan.
2021 yilda kripto-birjalarda savdoni amalga oşiriş qoidalariga özgartirişlar kiritilib, unda Özbekiston Respublikasi rezidentlariga kripto-birjalarda kripto-aktivlar va milliy valutadagi tokenlar bilan kripto-birja savdolarining barça turlarini amalga oşiriş huquqi, hamda Özbekiston Respublikasining rezidentlari bölmagan şaxslar bilan faqat kripto-aktivlar va çet el valutasiga tokenlarni sotiş böyiça operatsiyalar huquqi taqdim etildi», deyiladi xabarda.













