2023 yil hisobidan regulyator ötkazgan ilk anjumanda anomal sovuqning narxlarga ta’siri, geosiyosiy vaziyat tufayli erişilmagan inflatsiya maqsadi, oltindan daromadlar, Uzsard va Humo bankomatlarining integratsiyasi va Markaziy bankning kriptoaktivlarga munosabati kabi qiziq masalalar haqida söz bordi. Kun.uz anjumanda aytilgan muhim gaplarni bir maqolaga jamladi. 

Tugayotgan haftada Markaziy bank boşqaruvi yillik asosiy stavkani 15 foiz darajasida özgarişiz qoldiriş töğrisida qaror qabul qildi. Regulyator nega bu qarorga kelgani, inflyatsion xatarlar va kutilmalar hamda rejalar haqida matbuot anjumanida ma’lumot berildi. 

Asosiy ma’lumotlar: 

  • 2023 yil yakunida iqtisodiyotning 4,5–5 foizga ösişi va yillik inflatsiya 8,5–9,5 foiz doirasida şakllanişi prognoz qilinmoqda; 
  • I çorakda YaIM ösişining ma’lum darajada sekinlaşiş ehtimoli yuqori;  
  • Uzcard va Humo bankomatlari may oyigaça integratsiya qilinişi mumkin. Keyin Humo bankomatlaridan Uzcard kartalari orqali, Uzcard bankomatlaridan Humo kartalari orqali naqd pul yeçiş mumkin böladi;
  • 2022 yil yakuni böyiça YaIM ösişi Markaziy bankning oktyabr oyidagi prognozlariga mos bölib, 5,7 foizni taşkil etdi;  
  • 2022 yilda pul ötkazmalari 2 barobarga ösdi. Buning ikki sababi keltirilmoqda: Rossiyadagi dollar va rubl örtasidagi keskin farq tufayli eksportyorlar pul ötkazmalaridan foydalangan. Yana bir sabab – Qozoğiston va Qirğizistonda naqd dollarga qöyilgan çeklov ortidan qöşni davlat fuqarolari Özbekistonga pul ötkazmalari orqali dollar olgan;  
  • Markaziy bank 2024 yilda 5 foizlik inflatsiyaga erişmoqçi.  

Matbuot anjumani davomida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov jurnalistlarning savollariga javob berdi.  

- Markaziy bank 2022 yilda 8-9 foizlik inflatsiyaga erişa olmadi, 2023 yilda erişa oladimi?