Sönggi yillarda Özbekistonda iqtisodiyotni rivojlantiriş, aholi turmuş tarzini yaxşilaşga qaratilgan bir qança loyihalar amalga oşirilyapti. Jamiyat va davlat hayotida kuzatilayotgan bu kabi özgarişlar, eng avvalo, elektr energiyasiga bölgan ehtiyoj ham ösişiga olib kelmoqda. Respublikadagi elektr energiyasining 85-90 foizi issiqlik elektr stansiyalarida (IES) işlab çiqariladi. Qurilmalar nihoyatda eskirib ketgani va elektr energiyasini işlab çiqariş uçun tabiiy gaz yoqilğisi yetişmasligi oxirgi yillarda tez-tez kuzatilayotgan anomal issiq va sovuq kunlarda taqçillikni yuzaga keltirmoqda.

Energetika – iqtisodiyot, umuman, taraqqiyotning “qon tomiri” hisoblanadi. Iste’molning yilda yilga oşib borayotgani, resurslar qisqarib borişi va qimmatlaşişi, importga boğliqlik kuçayişiga olib kelmoqda. Öz navbatida, atrof-muhitni muhofaza qiliş, ekologik barqarorlikni ta’minlaş masalasi bugungi kundagi eng muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Şu sababli qayta tiklanadigan energiya manbalariga ötiş kun sayin muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.

Özbekiston yaşil energetikaga qanday ötmoqda?

Yaşil energetikani rivojlantiriş uçun katta miqdorda moliyaviy sarmoya talab etiladi. Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, Özbekistonda energetika sohasiga investorlarni jalb qiliş potensiali ham, sohaga xorijiy investorlar tomonidan bildirilayotgan qiziqiş ham mavjud.

Energetika vazirligi ma’lumotlariga köra, sönggi yillarda umumiy quvvati 2897 megavattga teng quyoş va şamol elektr stansiyalarini quriş böyiça xalqaro kompaniyalar bilan 10ta bitim imzolangan. Uşbu loyihalarning umumiy qiymati qariyb 3 milliard dollarni taşkil etib, ularning barçasi xorijiy kompaniyalar tomonidan töğridan töğri investitsiyalar hisobiga amalga oşiriladi.

2021 yilning avgust oyida Navoiy viloyatining Karmana tumanida birinçi 100 megavatt quvvatli yirik quyoş fotoelektr stansiyasi, 2022 yilning may oyida Samarqand viloyatining Nurobod tumanida ham xuddi şunday ikkinçi stansiya işga tuşirildi.

2023-2024 yil yakuniga qadar umumiy quvvati 1197 megavatt bölgan 5 ta, jumladan Qoraqalpoğiston Respublikasining Qoraözak, Surxondaryo viloyatining Şerobod, Jizzax viloyatining