Ukrainada uruşning 343-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar: 

  • Rossiya qöşini Kramatorsk şahri markazini öqqa tutdi. Raketa turar joy binosini vayron qilgan, tinç aholi vakillaridan uç kişi halok bölib, yana 18 kişi jarohatlangan. Prezident Zelenskiy Kramatorsk öqqa tutilişi oqibatlarini «mamlakatning har kungi realligi» deb atadi.
  • AQŞ Ukrainaga 150 kilometr masofaga harakatlanuvçi GLSDB (Ground Launched Small Diameter Bomb) raketalarini taqdim etadi. Raketalar 2 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketida böladi, bu haqda şu kunlarda e’lon qilinişi kutilmoqda.
  • Ukrainaga Avstriya prezidenti Aleksandr Van der Bellen taşrif buyurdi. U Buçada böldi va Kiyevda Volodimir Zelenskiy bilan uçraşdi. Van der Bellen Avstriyaning neytral maqomi va Qurolli kuçlar budjetidagi tejamkorlik siyosati Avstriya Ukrainaga qurol yetkazib berişiga imkon bermasligini, şu bilan birga uşbu mamlakat «uruşni yakunlaşning barça diplomatik yöllarini qöllab-quvvatlaşi»ni bildirdi.
  • Yevgeniy Prigojin «Vagner» XHK jangçilari Donetsk oblastining uç kişi yaşovçi Sakko va Vansetti qişloğini egallaganini ma’lum qildi. Rossiya mudofaa vazirligi va Ukraina hukumati bu bayonotga munosabat bildirmagan.
  • AQŞ Amerika-Rossiya investitsiya fondidan Ukrainani qöllab-quvvatlaş uçun 135 million dollar ajratdi.

Kramatorsk markaziga zarba 

1 fevral kuni keçqurun Rossiya qöşini Ukraina nazoratidagi Kramatorsk şahriga zarba yölladi. Ukraina milliy politsiyasiga köra, şahar markazida kamida sakkizta köp qavatli uylar şikastlangan. Uç kişi halok bölib, 18 kişi yaralangani ma’lum.

Volodimir Zelenskiy uşbu hodisa aybdorlariga «şafqat qilinmasligi»ni ma’lum qildi. RF mudofaa vazirligi hozirça uşbu şahar böylab berilgan zarbalarga munosabat bildirmadi. Quyida uşbu hujum oqibatlari aks etgan kadrlar.

Rossiyaliklar raketasidan vayron bölgan uyning yuqoridan körinişi
Vitalii Hnidyi / Reuters / Scanpix / LETA