Ukrainada uruşning 348-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina Oliy Radasi «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasini xalqaro jinoiy taşkilot deb topdi.
- Ukraina qurolli kuçlari ofitseri Denis Yaroslavskiy jurnalistlarga RF armiyasi Baxmutning uçdan bir qismini — «sanoat zonasi hamda daryo böyidagi xususiy sektor hududlari»ni egallaganini aytdi. Ukraina tomonidan boşqa heç kim bu ma’lumotni tasdiqlamagan. RF mudofaa vazirligi sönggi brifingida Baxmutdagi vaziyat böyiça izoh bermagan.
- Yevgeniy Prigojin «Vagner» bölinmalari Baxmutni Su-24 bombardimonçi samolyotidan öqqa tutganini aytdi va samolyot bortidan turib Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni «osmonda duel qiliş»ga çaqirdi.
- «Vagner» vakillari yana Rossiya koloniyalarini aylanib, mahbuslarni uruşga yollaşni boşladi, ammo bu safar Yevgeniy Prigojinning iştirokisiz.
Baxmut atrofidagi «Azov» polki artilleriyaçilari


Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA


























