2021 yilda eksperiment tariqasida boşlangan “Taşabbusli budjet” 2 yil içida yirik loyihaga aylandi. Loyiha parlament qilmagan işni qildi – fuqarolar öz soliqlarini özlari xohlagandek işlatişda bevosita iştirok eta boşlaşdi.
2021 yilda Moliya vazirligi yangi talqindagi “Oçiq budjet” platformasini işga tuşirdi. Unda “Taşabbusli budjet” bölimi yaratilib, fuqarolarga öz yaşaş hududidagi muammolar borasida taklif qoldiriş imkoni yaratildi.
2021 yildagi “Taşabbusli budjet”ning birinçi mavsumida aholidan 1 100 ta, ikkinçi mavsumda 41 125 ta taklif tuşdi. Qoldirilgan takliflarda şaxsiy manfaatlar ustuvorlik qilmasligi va loyiha qiymati 1 mlrd sömdan oşib ketmasligi asosiy mezonlar deb belgilandi.
Amalda ham odamlar şaxsiy manfaatlar uçun emas, içki yöllarni ta’mirlaş, maktablar ta’miri, içimlik suvi kabi jamiyat manfaati uçun muhim takliflarni qoldirdi.

2022 yilda esa “Taşabbusli budjet” loyihasi özbekistonliklarning e’tibor markazidagi muhim jarayonlardan biriga aylandi. Odamlar tezroq “Taşabbusli budjet” boşlanib taklif qoldirişni kutdi, öz takliflariga köproq ovoz yiğiş uçun uyma-uy yurişdi. Har bir ovoz uçun mukofot taklif qila boşlaşdi. Çunki bu ovozlar amaliy ahamiyatga ega edi: eng köp ovoz olgan takliflarni röyobga çiqariş uçun mablağ ajratiladi.

2022 yilgi birinçi mavsumda 69 700 ta, ikkinçi mavsumda esa 61 000 ta taklif tuşdi. Loyiha ommalaşib, taklif bermagan mahalla qolmadi hisob: taşabbusli budjetdagi taşabbuslar Özbekistondagi mahallalarning 98 foizini qamrab oldi.

















