Irlandiya va Çexiya boks federatsiyalari 2023 yil mart oyida Dehlida ötkaziladigan ayollar örtasidagi va may oyida Toşkentda ötkaziladigan erkaklar örtasidagi jahon çempionatida iştirok etmaydi. Buyuk Britaniya boks federatsiyasi ham uşbu musobaqalarni boykot qiliş haqida öylamoqda. Avvalroq şunday qaror AQŞ boks federatsiyasi tomonidan qabul qilingan edi. 

Çexiya boks assotsiatsiyasi (CBA) prezidenti Marek Şimak bunday qarorni Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyovni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga «yaqinligi» va taşkilotning özini «Gazprom»ga «qaramligi» bilan izohladi. 

Bundan taşqari, IBA tomonidan Rossiya va Belarus boks federatsiyalariga qöyilgan sanksiyalarning yumşatilişi ham bunga asosiy sabab sifatida körsatilyapti. 

2022 yil kuzida IBA rossiyalik va belaruslik sportçilarni izolyatsiya qiliş böyiça öz pozitsiyasini tubdan özgartirib, Ukrainadagi uruş boşlanganidan keyin ularga nisbatan kiritilgan barça sanksiyalarni bekor qilgan birinçi (va hozirça yagona) yirik sport taşkilotiga aylandi. Jumladan, har ikkala mamlakat boksçilariga öz bayroği va madhiyasi bilan musobaqalarda iştirok etişga ruxsat berildi. Bu bilan IBA Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) tavsiyalariga zid yöl tutdi va u bilan munosabatlarini yanada yomonlaştirdi. Jumladan, XOQ 2022 yil fevralida Ukrainada uruş boşlanganida barça xalqaro sport federatsiyalariga murojaat qilib, rossiyalik va belaruslik sportçilarni har qanday musobaqadan çetlatişni tavsiya qilgan edi. 

XOQ bilan IBA örtasidagi ziddiyat bir neça yillardan beri davom etmoqda. Avvalroq, XOQ 2028 yilgi Los-Anjyelesdagi Olimpiada öyinlarining dastlabki dasturiga boksni kiritmagan va hatto 2024 yilgi Parij olimpiadasi dasturidan çiqarib taşlaş bilan tahdid qilgan edi.  

Endi jahon çempionati IBA uçun uzoq vaqt davomida asosiy turnir bölib qolişi mumkin. Bu yilgi çempionatlarni boykot qiliş töğrisidagi qarorlar esa raqobat saviyasi jihatidan Toşkent musobaqasiga jiddiy zarar yetkazişi aniq. Boykot haqida qaror qabul qilgan törtta davlatdan faqat Çexiya boksda çetda. AQŞ, Buyuk Britaniya va Irlandiyaning örni haqida boksçilarining yutuqlari aytib turibdi.