«Davlat rahbari «Qozoğiston Respublikasi va Özbekiston Respublikasi örtasida ozodlikdan mahrum etiş jazosiga hukm qilingan şaxslarni jazoni ötaş uçun beriş töğrisidagi bitimni ratifikatsiya qiliş haqida»gi Qozoğiston Respublikasi qonunini imzoladi», deyiladi xabarda.
Tegişli qonun Konstitutsiyada belgilangan talablarni amalga oşirişga qaratilgani haqida avvalroq xabar berilgan edi. Konstitutsiyada, agar xalqaro şartnomalarda boşqaça tartib belgilanmagan bölsa, Qozoğiston fuqarosi xorijiy davlatga ekstraditsiya qilinişi mumkin emasligi ta’kidlangan. Bundan taşqari, respublika öz fuqarolarini öz çegaralaridan taşqarida himoya qiliş va homiylik qilişni kafolatlaydi. Xuddi şunday qoida Özbekiston Konstitutsiyasida ham mavjud.
Avvalroq, Qozoğiston boş prokurori örinbosari Aset Çindaliyev ikki davlat örtasida mahkumlarni topşiriş yoki rad etiş uçun asoslarni körsatib bergan edi.
«Mahkum quyidagi hollarda topşiriladi: agar u ikki davlatdan birining fuqarosi bölsa, uning qilmişi har ikki davlatda ham jinoyat deb hisoblansa, jazoni ötab bölişga kamida bir yil qolgan bölsa va har ikki davlat bunday jarayonga rozi bölsa», dedi Aset Çindaliyev.
Ayni paytda, uning sözlariga köra, agar harakatlar mamlakat suvereniteti va xavfsizligiga putur yetkazsa, milliy qonunçilikka zid bölsa, mahkumning moliyaviy majburiyatlari bölsa, sud yoki tergov davom etsa, uşbu jarayon rad etiladi.
«Mahkumlar öz xohişi bilan boşqa davlatga qaytariladi, çunki şartnomaning asosiy şartlaridan biri mahkum öz mamlakatida jazoni ötaş niyati töğrisida ariza taqdim etişi şart», dedi Qozoğiston boş prokurori örinbosari.
Uning sözlariga köra, ayni paytda Qozoğistondagi ozodlikdan mahrum qiliş muassasalarida Özbekistonning 486 nafar fuqarosi jazo ötamoqda – bu Qozoğistonda şunday jazoga tortilgan xorijiy fuqarolarning yarmini taşkil etadi.
Özbekistonda Qozoğistonning 20 nafar fuqarosi ozodlikdan mahrum etiş jazosini ötamoqda.

















