Mudofaa vazirining matbuot kotibi, polkovnik Otabek Yöldoşev soğligining holatidan qat’i nazar muddatli harbiy xizmatga borişning yöllarini izlovçi yigitlar haqida söz yuritdi. Uning aytişiça, bu hujjatlarni soxtalaştiriş holatlariga olib kelmoqda.

“Natijada biz bularni aniqlab, noilojlikdan özimizning klinik hospitalda davolaşga majburmiz. Hozirgi kunda harbiy xizmatning jismoniy, ruhiy yuklamalari oldingi armiyaga qaraganda 2 barobarga oşgan. Bu yuklamaga soğlom yigitgina bardoş bera oladi. Afsuski, nosoğlom yigitlarimiz köngilsiz holatlar röy berişigaça olib borişyapti.

Ota-onalardan iltimos qilib qolardik, farzandlaringizning kasalligini berkitmanglar. Kasallik berkitilsa, harbiy xizmat davomida yuzaga çiqib, oğir oqibatlarga olib kelişi mumkin”, – dedi Otabek Yöldoşev AOKAdagi matbuot anjumanida.

Mudofaa vazirining matbuot kotibi, polkovnik Otabek Yöldoşev / Foto: AOKA

Mudofaa vazirligi tibbiy ta’minot boşqarmasi boşliği tibbiy xizmat polkovnigi Bahodir Abdulahatovning ma’lum qilişiça, birgina 2022 yilning özida 75 ta muddatli harbiy xizmatçi harbiy xizmat bilan boğliq bölmagan kasalliklar bilan qaytişi holatlari kuzatilgan.

Ma’lumot uçun, Özbekistonda harbiy xizmatning muddatli harbiy xizmat, safarbarlik çaqiruv rezervidagi harbiy xizmat, kontrakt böyiça harbiy xizmat turlari mavjud bölib, muddatli harbiy xizmatga salomatligi joyida bölgan yigitlar 18-27 yoş oraliğida borişlari mumkin.

Avvalroq Surxondaryo va Qaşqadaryoda ikki askar muddatli harbiy xizmatni ötaş paytida vafot etgandi. Rasmiylar ularning ölimiga tuğma kasalliklar sabab bölganini ta’kidlaşgan. Qarşi tumanidagi holatni tekşirgan harbiy prokuratura askarning ölimida jinoyat alomatlari yöq deb