24 fevral kuni Surxondaryo viloyatining ma’muriy markazi Termiz şahri hamda bir qator tuman va şaharlarda dahşatli zilzila sodir bölişi kutilayotgani, şu sababli aholiga uy-joylariga kirmay turiş tavsiya etilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Bu xabarlar qançalik haqiqatga töğri kelişi haqida tahririyatimizga ham qönğiroqlar böldi. Biroq muxbirlarimiz bilan suhbatlaşgan aksariyat surxondaryoliklar bu xabar eng avval kimdan tarqalganini bilmasligi, faqatgina birovlardan eşitişganini ta’kidlaşdi.
Ayrimlar bu haqda FVVdan ogohlantiruvçi sms kelganini aytgan bölsa, boşqa birovlar bu haqda qarindoşining işxonasiga borib ogohlantirişgani va hamma binodan taşqariga olib çiqilayotganini asos qilib keltirdi. Murojaatçilar orasida sobiq ittifoq davrida aholini turli favqulodda vaziyatlardan ogohlantiruvçi karnaylar orqali xabar berilganini ta’kidlaganlar ham böldi.
Suriştiruvlarimiz davomida surxondaryoliklar keltirgan vajlarning heç biri tasdiğini topmadi. FVVdagi manbalarimiz aholiga yer qimirlaşi kutilayotgani haqida heç qanday sms-xabar ham yuborilmagani, şuningdek, xavfdan ogohlantiruvçi qurilmalar orqali bunday xabar tarqatilmaganini bildirişdi.
Holat yuzasidan rasman bayonot bergan Surxondaryo viloyat hokimligi aholi örtasida tarqalayotgan xabarlar haqiqatga töğri kelmasligini ma’lum qildi.
“Voha aholisi örtasida ayrim tasdiqlanmagan va yolğon axborotlar sababli yer qimirlaşi, zilzila sodir bölişi haqida xabarlar tarqalgan.
Hurmatli fuqarolarimizdan heç qanday vahimaga berilmasliklarini söragan holda, viloyat hududida seysmik hodisalar, yer qimirlaşi yoki zilzila sodir bölişi haqida tarqalgan xabarlar mutlaqo asossiz va yolğon xabar ekanligini ma’lum qilamiz”, deyiladi rasmiy bayonotda.
Viloyat hokimligi Özbekiston Respublikasi qonunçiligida turli ğaraz niyatlarda aholi örtasida yolğon xabar tarqatayotganlarga nisbatan javobgarlik belgilanganini eslatgan.
2022 yilning iyunida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylaşgan Töpalang suv ombori töğoni yorilib ketgani va natijada atrofni suv bosgani haqida ham vahimali xabarlar tarqalgan, rasmiylar holat yuzasidan murojaat bilan çiqişga majbur

















