Ukrainada uruşning 369-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar: 

  • 27 fevralga ötar keçasi Kiyev va Ukrainaning qator oblastlarida rossiyaliklar dronlari hujumlari kuzatildi. Xmelnitskiyda bir kişi halok bölib, yana tört kişi yaralangan.
  • Belgorod, Bryansk va Kursk oblastlari gubernatorlari Ukraina bilan çegara hududidagi aholi yaşaş manzillari öqqa tutilgani haqida xabarlar berişgan. Jabrlanganlar yöq.
  • Irkutskdan bölgan safarbar qilinganlar uçinçi bor Putinga murojaat qilib, komandirlar ularni heç qanday tayyorgarliksiz şturmga yuborayotganidan şikoyat qilişdi. Ular şuningdek oğir yaralanganlar va halok bölganlar evakuatsiya qilinmayotgani, çunki qömondonlik «texnikani yöqotişdan qörqayotgani»ni aytişgan.
  • WizzAir aviakompaniyasi 14 martdan e’tiboran xavfsizlik nuqtayi nazaridan Moldova bilan aviaqatnovlarni töxtatadi. Bu haqda mamlakat fuqarolik aviatsiyasi boşqarmasi xabar berdi.
  • AQŞ moliya vaziri Janet Yyellen Kiyevga taşrif buyurdi va Ukrainaga 1,25 milliard dollar miqdoridagi iqtisodiy yordam körsatilişini e’lon qildi, bu oldinroq anons qilingan qariyb 10 milliard dollarlik yordam paketining bir qismi böladi.
  • Yevroittifoq Belarusga qarşi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi. Çeklov çoralari röyxatga kiritilgan jismoniy şaxslarning Yevroittifoq hududiga kirişini çeklaş va ularning aktivlarini muzlatişni öz içiga oladi — hozirda röyxatda 195 kişi nomi qayd etilgan, ular orasida Aleksandr Lukaşenko ham bor..

Kun kadri. Kiyev osmonida dron izlaş

27 fevralga ötar keçasi Kiyev şahri va Kiyev oblastida havo hujumidan ogohlantiruvçi trevogalar çalindi — bu beş soatga yaqin vaqt davomida saqlanib turdi. Keyinroq oblast harbiy ma’muriyati Ukraina poytaxti ustida rossiyaliklarning töqqizta droni urib tuşirilganini xabar qildi. Jabrlanganlar yöq.