ÖzAning yozişiça, joriy yilning 10 fevral kuni “Hududgaz Buxoro” GTF hamda metrologiya xizmati mutaxassislari hamkorligida viloyatdagi ayrim AGQKŞlarda örganişlar olib borilgan. Örganişlar davomida “Solixov Olimjon Fazliddinoviç” xususiy korxonasiga qaraşli 3 ta AGQKŞda 11 mlrd 847 mln 744 ming sömlik tabiiy gaz yaşirin ravişda talon-toroj qilingani ma’lum bölgan.

Aniqlanişiça, korxonaning birinçi AGQKŞ filialida 2022 yilning 1 noyabr kunidan 2023 yil 10 fevral kuniga qadar bölgan davrda 3 mlrd 493 mln 218 ming sömlik, ikkinçi AGQKŞ filialida 2022 yilning 10 sentabr kunidan 2023 yil 10 fevral kuniga qadar bölgan davrda 5 mlrd 774 ming 443 sömlik hamda uçinçi AGQKŞ filialida 2022 yilning 13 sentabr kunidan 2023 yil 10 fevral kunigaça bölgan davrda 2 mlrd 580 mln 83 ming sömlik tabiiy gaz yaşirin ravişda talon-toroj qilingan.

Töplangan hujjatlarga köra, “Solixov Olimjon Fazliddinoviç” xususiy korxonasi mansabdor şaxslarining harakatlarida juda köp miqdorda öğrilik sodir etişda ifodalangan jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlangan. Olib borilgan örganişlar natijasida mazkur holat yuzasidan Ğijduvon tumanidagi “Solixov Olimjon Fazliddinoviç” xususiy korxonasi mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan.