Muammo “plan” bilan boğliqmi? Bir-biri bilan muştlaşayotgan avtobus haydovçilar haqida
|23:11 / 04.03.202325 8257 min
Poytaxtda bir hafta içida avtobus haydovçilari yölovçi talaşib yoqalaşgani bilan boğliq ikkita holat kuzatildi. Kun.uz mojaroga sabab bölayotgan omillarni tahlil qilib kördi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlarFoto: Ijtimoiy tarmoqlar
Özi nima gap?
28 fevral kuni Toşkent şahrida 28- va 155-sonli avtobus haydovçilari yölovçi talaşib muştlaşgandi. Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) böyiça ma’muriy iş rasmiylaştirilib, jinoyat işlari böyiça Yaşnobod tuman sudi tomonidan Yaşnobod tumani Izzat köçasida özlariga biriktirilgan avtobuslarni boşqarib, harakat davomida bir-birlariga yöl bermasdan kelgan, şu köçadagi 76-sonli avtobekatda töxtab, özaro yoqalaşgan haydovçilar har biriga 7 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangandi.
Foto: Toşkent şahar IIBB
24 fevralda ham 93-sonli va 617-sonli avtobus haydovçilari Mirobod tumani Farğona yöli köçasida yölovçi talaşib janjallaşişgan, holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi.
Tuman IIO tomonidan olib borilgan suriştiruv işlari davomida nizo oqibatida heç kim tan jarohati olmagani aniqlangan, haydovçilarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan hujjatlar rasmiylaştirilib, sudga taqdim etilgan.
Foto: Toşkent şahar IIBB
Tomonlar özaro yaraşgani munosabati bilan ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş sud tomonidan tugatilgandi.
Muammoning ildizi
Avtobus haydovçilarining yölovçi talaşib urişişi keça yo bugun kuzatilayotgan voqelik emas. Bir yönalişda qatnovçi avtobuslarning poytaxt köçalarida quvlaşmaçoq öynaşi, manzilga avvalroq yetib oliş uçun avariya holatlarini yuzaga keltirişi, belgilangan reglamentga amal qilmay bekatlarda uzoq turib qolişi zamirida kunlik “plan”ni bajariş majburiyati yotadi.
Mavzuga oid
Maoşi “plan”ga boğlab qöyilgan haydovçilardan yöl harakati qoidalariga amal qiliş, yölovçilarning hayotini xavfga qöymaslikni talab qiliş mantiqsiz aslida. Çunki bunday vaziyatda ular nima qilib bölmasin kunlik tuşumni topiş haqida qayğuradi, buning uçun hamma narsaga tayyor böladi. Şu bois ham yillardirki jamoatçilik kunlik “plan”ni bekor qiliş zarurligini ta’kidlab keladi.
Şunday vaqtlar bölganki, jamoat transporti keçki paytda harakat jadvalida körsatilgan vaqtgaça yurmasligi, avtobuslar soat 23:00gaça yölovçi taşişi kerak bölgani holda soat 20:00-21:00 dan avtobus saroyiga qaytib ketişi bu vaqtda yölovçilar oqimi kamligi, tuşum xarajatlarni qoplamasligi bilan izohlangan. Vaholanki, aksariyat davlatlarda yölovçi bor-yöqligidan qat’i nazar jamoat transporti harakat jadvaliga qat’iy amal qiladi. Xarajatlarning ma’lum qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.
Foto: Kun.uz
Avtobuslar jadvaldan oğişmay harakatlana boşlasa yölovçilar oqimi ham köpayişi tabiiy. Bu köp jihatdan jamoat transportiga işonç şakllanişi, u eng sönggi yölovçisini manziliga eltib qöyadigan tizimga aylanişiga borib taqaladi. Bu esa vaqt masalasi.
Tabiiyki, kunlik “plan” va boşqa boşoğriqlardan xalos bölgan haydovçilarning yöllarda poyga öynaşi, yölovçi talaşişi bilan boğliq holatlarga öz-özidan çek qöyilişi e’timoli yuqori.
“Plan” bekor qilinadi, ammo qaçon?
Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida 31 yanvar kuni bölib ötgan yiğilişda sohada muammolar töplanib qolgani, ularni hal etiş uçun transport boşqarmalari va avtobus parklarida hozirgi iş tizimini özgartiriş zarurligi, qança köp avtobus olib kelinmasin, joylardagi transport boşqarmalari va avtobus parklarida hozirgi iş tizimi özgarmasa, aholi ehtiyojiga yaraşa xizmat körsatib bölmasligi ta’kidlangandi.
Davlat rahbari transport korxonalari kunlik “tuşum plani”ni bajarişga boğlanib qolib, kunning “eng daromadli” paytida (ertalab soat 8:10 da, keçqurun soat 17:19 da) harakatlanişga odatlangani, qolgan vaqtda yölovçilar uzoq kutiş yoki taksida yurişga majburligini tanqid qilgandi.
Yangi tizimda xizmat sifatiga – avtobusdagi qulayliklar va sanitar holat, keç qolmasdan bekatga yetib kelişiga qarab baho berilişi, bunda, taşuvçi tadbirkor har 1 kilometr uçun 10 foiz rentabellik bilan kafolatli tölovni olişi, bu tizim Toşkent, Samarqand, Andijon va Urganç şaharlarida joriy yilda, boşqa viloyat markazlari va Nukus şahrida kelgusi yilda yölga qöyilişi belgilangandi.
Bu takliflar 16 fevralda qabul qilingan prezident qarorida ham öz aksini topgan, hujjatda yölkira haqini kunlik yiğiş reja-topşiriğini belgilaş amaliyoti bekor qilinişi alohida ta’kidlanadi.
Biroq bu özgarişlar qaysi sanadan kuçga kirişi hozirça noma’lum.
Oyligi oşgan avtobus haydovçilari
Sohadagi muammolar prezidentning Uçtepa tumaniga 2022 yil dekabrdagi taşrifi çoğida oçiqlangan, “Toşşahartransxizmat” tizimidagi avtobuslarning köpi eskirgani sababli yönalişlarga rejaga nisbatan 90-100 ta avtobus kam çiqayotgani, oqibatda yölovçilar avtobuslarni 20-30 daqiqagaça kutişiga töğri kelayotgani tanqid qilingandi.
Şundan söng Özbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov birinçi marta jamoatçilik qarşisida avtobusda köriniş bergan, prezident tanqididan keyin u jamoat transportidagi muammolarni joyiga çiqib örganayotgan içki işlar vaziriga hamrohlik qilgandi.
Foto: IIV axborot xizmati
Prezident topşiriğiga köra 2022 yil dekabrdan “Toşşahartransxizmat” tizimidagi avtobus haydovçilarining oylik maoşi ikki barobarga oşirilib, 5-6 mln sömga yetkazilgandi. Oylikni oşiriş ham jamoat transportidagi muammolarga qaysidir ma’noda yeçim bölişi, ta’minotidan köngli töq haydovçilar bor e’tiborini sifatli xizmat körsatişga qaratişi kutilgandi.
Biroq haligaça svetoforning taqiqlovçi çiroğida harakatlanişni davom ettirayotgan, avtobus salonida bemalol telefonda gaplaşib yoki sigaret çekib ketayotgan, yölovçilarni kurakda turmaydigan sözlar bilan haqoratlayotgan, alohida yölak taşkil etilgan yöllarda ham bir-biri bilan quvlaşmaçoq öynayotgan yoki özi uçun ajratilgan yölakdan yurmayotgan haydovçilar köplab uçramoqda.
Demak, muammo faqatgina oylik kamligi va kunlik tuşum “plan”i bilan boğliq emasga öxşaydi. “Toşşahartransxizmat” AJ haydovçilar bilan stressga çidamliligi, yölovçilar bilan muomala jarayonida xotirjam böliş, odamlar ularni quyuşqondan çiqarişga uringan taqdirda ham ğazab otiga minmaslik ustida iş olib borişi lozim. Bu jarayonda ularning xatti-harakatlari kameralar tomonidan uzluksiz qayd etib borilişi ham masalaning yeçimi böla oladi.
Bundan taşqari, köpçilikning hayoti uçun mas’ul bölgan haydovçilarni tayyorlaş va işga qabul qilişda ham ayni jihatlar inobatga olinişi maqsadga muvofiq. Şundagina avtobus haydovçilari har qanday holatda ham yöl harakati qoidalarini buzişmaydi, asosiy maqsad yölovçilarni manziliga xavfsiz yetkazib beriş ekanini anglab yetişadi. Eng muhimi, manziliga şoşib turgan yölovçilar yölda avtobus haydovçilarining muştlaşuvi va özaro poygasidan aziyat çekişmaydi.