UzAuto Motors dekabr oyi boşida budjet modellar – Damas, Labo, Cobalt va Gentra uçun şartnoma tuzişni töxtatgan edi. Ikki oydan köproq vaqt ötgan bölsa-da, qisman Özbekistonda işlab çiqariladigan uşbu modellar sotuvi qaçon oçilişi borasida heç qanday ma’lumot yöq. Kun.uz vaziyatga aniqlik kiritiş maqsadida “Özavtosanoat” axborot xizmati bilan boğlandi.
“Sobalt va Gentra uçun qaçon şartnoma beriş boşlanişi böyiça aniq ma’lumot yöq. Kontraktatsiya oçilmayotgani navbatlarni kamaytiriş işlari olib borilayotgani bilan boğliq”, deyiladi kompaniya vakilining javobida.
UzAuto Motors 2022 yil oxiridan Nexia-3 va Spark işlab çiqarişni töxtatgandi, joriy yil oxiridan esa Gentra ham konveyerdan olib taşlanişi rejalaştirilgan. Katta ehtimol bilan, yaqin yillar içida Nexia-3 va Spark örniga boşqa budjet modellar işlab çiqariş yölga qöyilmaydi.
Telegramdagi Uzavtosavdo_bot ma’lumotlariga tayanilsa, 4 mart holatiga köra, şartnoma imzolaş imkoniyati mavjud bölgan UzAuto Motors’ning eng arzon modellari: Onix - 207 mln 347 ming sömdan, Tracker-2 esa 211 mln 454 ming sömdan boşlanadi. Öz navbatida Onix uçun 4559ta, Tracker-2 uçun 31054ta navbat ham bor.
2022 yil yakunlariga köra, Özbekistondagi örtaça oylik nominal iş haqi 3 mln 892 ming sömni taşkil etgan. Bu Özbekistonda örtaça daromad topadigan xodim amalda sotib oliş uçun mumkin bölgan Onix’ni xarid qilişi uçun har qanday xarajatlardan tiyilib, 53 oy yoki 4,5 yil işlaşi kerakligini anglatadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga köra, 2022 yilda budjet va nobudjet taşkilotlarda işlovçilarning 28 foizi yoki 1 404 377 nafar xodim 1 mln sömgaça maoş olgan. 1 mln sömdan 2 mln sömgaça oylik oluvçilar soni 1,2 mln nafarni (24,6 foiz) taşkil qilgan. Şuningdek, 25,2 foiz xodim 2 mln sömdan 4 mln sömgaça oylik daromad topgan. Respublika miqyosida budjet va nobudjet taşkilotlarda işlovçi xodimlarning 77,8 foizi oyiga 4 mln sömdan kamroq daromad topadi.
Iqtisodçi Otabek Bakirov kompaniyaning 3 yil avvalgi va’dalarini yana bir bor eslatib, özbekistonlik iste’molçilar kiçik budjet avtomobillari sotib oliş imkoniyatidan butunlay mahrum bölişganiga e’tibor qaratdi.

















