Ukraina rasmiylari ukrainalik harbiy asirning qatl etilgani aks etgan kadrlarga munosabat bildirmoqda. Qator blogerlar va kanallar tomonidan tarqatilgan videoda asirga olingan harbiy ölim oldidan «Slava Ukraine» (Ukrainaga şon-şaraflar) sözlarini aytişga ulguradi.

Zöravonlik sahnasi aks etgan bu kadrlar telegram-kanallarda 6 mart kuni kunduzi paydo böldi.

Videoda harbiy formadagi kişi örmonda turadi va çekadi. Kadr ortidagi ovoz aytadi: «Tasvirga ol», va kamera kötariladi. Askar şunday deydi: «Ukrainaga şon-şaraflar». Keyin uni öqqa tutişadi va u qulaydi. Kadr ortidagi ovoz rus tilida sökinadi.

Bu video qaçon va qayerda yozilgani ma’lum emas.

«Suspіlne» va BBC News jurnalisti Sofiya Koçmar-Timoşenko videoda otib taşlangan ukrain harbiysining singlisini topganini xabar qilgan, ammo hozirça uning şaxsini oçiqlamagan.

Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak tvitterida şunday yozdi: «Asirni öldiriş - bu rossiyaliklarning navbatdagi harbiy jinoyatidir. Bu Kreml propagandasi tomonidan «natsistlar» haqidagi afsonalar bilan oqlangan va qasddan olib borilayotgan terror siyosati elementidir. Har bir bunday harbiy jinoyat jazolanadi. Heç kim jazodan yaşirina olmaydi. Barçasini topamiz».

Yermak videoga havola bermagan va bu şarh aynan u haqda ekaniga aniqlik kiritmagan.

«Bu videoni xalqaro hamkorlar va dunyoning turli burçaklaridagi hamkasb ombudsmenlarga Rossiyaning navbatdagi harbiy jinoyati dalili sifatida yuboraman», deya yozgan Ukraina inson huquqlari böyiça komissari Dmitro Lubinets.

U harbiy asirni otib taşlaş - Jyeneva konvensiyasi buzilişi hisoblanişini qayd etgan.

Ukraina boş prokurori Andrey Kostinning xabar berişiça, Ukraina Xavfsizlik xizmati boş tergov boşqarmasi holat yuzasidan Ukraina Jinoyat kodeksi 438-moddasi 2-qismi (uruş qonunlari va urf-odatlarini buziş) böyiça jinoiy iş oçgan.

«Hatto uruşda qonunlar  bor. Xalqaro huquq normalari bor va bular Rossiya jinoiy rejimi tomonidan muntazam ravişda e’tibordan çetda qodirilmoqda. Ammo ertami keçmi jinoyat jazosini oladi. Bunga aloqadorlarning barçasi qonun oldida javob beradi», deya undan iqtibos keltirgan «Interfaks-Ukraina».