
Xorazmdagi oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan qizlarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyat işini apellyatsiya sudida körib çiqiş 27 aprel kuni boşlangan. Sud jarayoni Toşkent şahrida bölib ötmoqda. Bu haqda Kun.uz'ga Oliy sud Jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati sudyasi Akrom Ötayev ma’lum qildi.
“Urganç şahridagi 1-sonli oilaviy bolalar uyining sobiq rahbari Yulduz Xudoyberganova birinçi instansiya sudi tomonidan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan bölib, 27 aprel kuni bölib ötgan sud majlisida uni ayni paytda jazoni ötayotgan joyda Toşkent şahriga keltiriş haqida qaror çiqarilgan. Sudning navbatdagi majlisi 4 mayga belgilangan”, deydi Akrom Ötayev.
Jinoyat tafsilotlari: Mudira qizlarni içirib, tungi klubda mijoz topişga majburlagan
Oliy sud mulozimiga köra, Urgançdagi oilaviy mehribonlik uyining 15-17 yoşli tarbiyalanuvçilari bilan jinsiy aloqa qilib kelgan, uşbu jinoyati uçun birinçi instansiya sudi tomonidan 1,5 yilga ozodlikni çeklaş jazosiga hukm qilingan Xorazm viloyati adliya boşqarmasining sobiq boşliği Oybek Maşaripov va Yangiariq tumani favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği Anvar Quryazov ayni payt oçiqlikda bölib, ularga nisbatan qamoqqa oliş bilan boğliq ehtiyot çorasi qöllanmagan.
Sudya buni sud jarayoni endigina boşlangani, hali ikki mansabdor şaxs sudga ham çaqirilmagani bilan izohladi. Uning tuşuntirişiça, Yulduz Xudoyberganova Xorazmdagi jazoni ijro etiş muassasasidan Toşkent şahriga köçirib keltirilgandan söng sudda dastavval uning körsatmalari tinglanadi. Söngra jinoyat işidagi boşqa ayblanuvçilar, jabrlanuvçilar va guvohlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda söroq qilinadi, körsatma beradi.
Mudiraga qonun talablarini çetlab ötib, bolalar uyi oçişga kim yordam bergan?

















